Бугун Чуст туман ҳокими Бекзод Хамдамов ва вилоят фермерлар кенгаши раиси Носирхон Қаимов ҳамда сектор раҳбарлари бошчилигида тумандаги барча ММТП раислари, энтомолог агрономлар, фермер хўжалиги раҳбарлари, иштирокида бугунги кунда қишлоқ хўжалигида амалга оширилиши лозим бўлган долзарб вазифалар бўйича кенгайтирилган муҳокама йиғилиши ўтказилди.Йиғилишда етиштирилган ғаллани нес-нобут қилмасдан ўриб олиш; ғўза майдонларида агротехник тадбирларни амалга ошириш, зараркунандаларга қарши курашиш, солиқлардан бўлган қарздорликларни тўлаш, ғалладан бўшаган ерларга такрорий экинларни экиш энг муҳими эҳтиёжманд оилаларга, ишсиз фуқароларга ер майдони, буғдой ва сомон пресс тарқатиб бериш бўйича топшириқлар берилди.

Зафар муборак, азиз ғаллакорлар!!!

🌾 Чуст туман 4-сектор ҳудудидаги ғаллакорлар бугун зафар қучдилар. 4-секторга қарашли "Ўзбекистон"," Нурафшон" ММТП ҳудудларидаги фермер хўжаликларида жами 1589 гектар майдонга ғалла уруғини сепишган эди. Белгиланган 4,3 минг тонна ғалла режаси 100 фоиз давлат омборига топширилиб, режа бажарилди.

🌾 Миришкорлар қолган ҳосилни ҳам йиғиб олиш тараддудида. Албатта, ғалладан бўшаган ерларда такрорий экинлар экилади.

🌾 Заҳматкашларга куч-қувват тилаймиз!!

Ушбу ўқишда Чуст туман ҳокимлигининг аппарат ходимлари ва ҳоким ёрдачилари иштирок этмоқда.

Бугунги ўқувда иштирокчиларга муҳим ва долзарб мавзулар ҳақида маълумот берилмоқда.

Сиёсий-маърифий соатда спикерлар ижтимоий-иқтисодий, сиёсий-ҳуқуқий ва давлат бошқаруви соҳаларида амалга оширилаётган ислоҳотлар ва қабул қилинаётган норматив-ҳуқуқий ҳужжатларнинг мазмун-моҳияти ҳамда аҳамиятига тўхталиб ўтди.

Эслатиб ўтамиз, ўқувни Агентликнинг ilm.argos.uz платформаси ҳамда YouTubeдаги расмий саҳифаси орқали кўриш мумкин.

2022-yil 16-iyun kuni Chust tuman "Barkamol avlod" bolalar maktabi Chust tuman Xalq ta'limi Bo‘limi va Chust tuman Madaniyat markazi bilan hamkorligida yoshlarni bo‘sh vaqtini unumli va mazmunli tashkil etish maqsadida madaniy va ma'rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

👫👬 Ushbu tadbirga Elimiz suygan san'atkor JALOLIDDIN AHMADALIYEV tashrif buyurib barcha mexmonlarni ko‘nglini birdek ko‘tardi shuningdek Konsert dasturda “Barkamol avlod” bolalar maktabining Estrada Vokal to‘garak rahbari Bekmurod Tursunov va to‘garak a'zolari eng sara ijodiy chiqishlari va go‘zal 💃 raqslari bilan ishtirok etishdi. Konsert dasturiga 600 ga yaqin mexmonlar tashrif buyurishdi.

🎤🎹 Konsert dasturi o'tkazishdan maqsad, o‘quvchi-yoshlarni yoz ta'tili davomida bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, "Madaniyat va san'at" yo'nalishidagi to'garaklar faoliyatini yuqori bosqichga olib chiqishdan iboratdir.

Respublikamizda aholini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish bizga nima beradi

Birinchidan, ma’lum bir sanada aholining aniq soni (yoshi va jinsi tarkibi, fuqaroligi, milliy tarkibi (keng qamrovli), barcha aholi punktlari bo‘yicha soni, oilaviy ahvoli, ma’lumot darajasi, uy-joy bilan ta’minlanganlik darajasi, mehnat resurslari, iqtisodiy faol aholi, aholi bandligi (kasbi va mutaxassisligi) va ishsizligi, daromad olish manbalari, nogironligi bo‘yicha batafsil ma’lumot olinadi.Ikkinchidan, aholi jon boshiga makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni hisoblashda (yalpi ichki mahsulot, aholi daromadlari, sanoat mahsuloti hajmi, iste’mol mahsulotlari hajmi, aholiga ko‘rsatiladigan xizmatlar hajmi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari) ishlatiladi.Uchinchidan, aholi migratsiyasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar shakllantiriladi.To‘rtinchidan, Respublika va hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi bandligi, ayollar va bolalar salomatligini yaxshilash va oilalarga yordam ko‘rsatish bo‘yicha dasturlarni manzilli ishlab chiqishda axborot sifatida foydalaniladi.Beshinchidan, statistika idoralari tomonidan tashkil etiladigan tanlama kuzatuvlarni tashkil etishda ma’lumotlar bazasi sifatida qo‘llaniladi.Oltinchidan, Milliy barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirish ko‘rsatkichlarini shakllantirish va monitoringini yuritishda xizmat qiladi.Yettinchidan, aholi punktlarining infratuzulmasini yaxshilashda, mehnat resurslaridan foydalanish va joylashtirish bo‘yicha qisqa, o‘rta va uzoq muddatli prognozlar, dasturlarni ishlab chiqishda foydalaniladi.Sakkizinchidan, Xalqaro tashkilotlar va foydalanuvchilar tomonidan amalga oshiriladigan tahlillar uchun keng qamrovli axborotlar manbai hisoblanadi. Bunday ma’lumotlar ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni prognoz qilish, bandlik sohasidagi siyosatni belgilash, ijtimoiy siyosat va aholi salomatligi bo‘yicha dasturlarni yaratishda, shuningdek davlat hokimiyati organlarining vazifalarini bajarishi, fan va jamiyatni axborot bilan ta’minlash uchun zarurdir.