AHOLINI RO’YXATGA OLISH HAR O’N YILDA O’TKAZILADI Davlatimiz rahbari tomonidan “Aholini ro'yxatga olish to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasining Qonuni imzolangan. Mazkur Qonun, aholini ro’yxatga olish sohasidagi munosabatlarni har tomonlama tartibga soluvchi ilk bor qabul qilingan huquqiy hujjat sifatida O’zbekiston tarixidan o’rin oldi. Chunki shu vaqtgacha bu sohada qonunchiligimizda hech qanday hujjat yo’q edi. Qonun, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-fevraldagi “O’zbekiston Respublikasida aholini ro’yxatga olishni o’tkazish Kontseptsiyasini tasdiqlash to’g’risida”gi PF5655-son Farmoniga muvofiq ishlab chiqildi. Qonunni ishlab chiqishda, Birlashgan Millatlar Tashkiloti va Yevropa statistiklari konferentsiyasining aholini ro’yxatga olishni o’tkazish bo’yicha asosiy tamoyillari va tavsiyalaridan asos sifatida foydalanildi. Qonun beshta bob va o’ttiz bir moddadan iborat bo’lib, unda qonunning maqsadi, asosiy tushunchalar, aholini ro’yxatga olishning vazifalari va printsiplari yoritib berilgan. Asosiy printsiplardan biri sifatida davriylik printsipi, ya’ni aholini ro’yxatga olish o’n yilda kamida bir marta o'tkazilishi hamda aholini ro’yxatga olishni o’tkazish to’g’risidagi qaror, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qabul qilinishi belgilab qo’yilgan. Aholini ro’yxatga olish jarayonida, shaxsga doir ma'lumotlar Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan ro’yxatga olish varaqlari asosida har bir respondent uchun yakka tartibda to’ldiriladi, ya’ni ro’yxatga oluvchi shaxslar tomonidan uymauy yurib, har bir respondent uchun alohida to’ldiriladi.
Chust tumani "Dam" MFYda ommaviy seminar va sport tadbirlari festival ko‘rinishida tashkil etildi
Dastlab ushbu festivalni Sportni rivojlantirish bosh boshqarmasi boshlig'i A.Tuychiyev va tuman sektorlari rahbarlari boshchiligida "Sog'lom hayot uchun 5000 qadam" shiori ostida yurish marafoni bilan boshlab berildi. Bundan tashqari festivalda stol tennisi, kurash, mini-futbol, tosh ko'tarish, gimnastika, kamondan otish, workout, o'zbek jang san'ati, armrestling va arqon tortish bo'yicha musobaqalar tashkil etildi.
Ushbu tadbir so'ngida Namangan viloyati Sportni rivojlantirish bosh boshqarmasi boshlig‘i A.Tuychiyev barcha tuman shahar bo'lim boshliqlari hamda barcha ta‘lim muassasa rahbarlari va ularning o‘rinbosarlariga o‘quv seminar o'tkazdi.
Чуст тумани ҳокимлиги ҳузуридаги аҳоли пунктлари комплекс қурилишини назорат қилиш ҳудудий комиссияси томонидан Вазирлар Маҳкамасининг 2009 йил 12 февралдаги 41-сонли қарори ижроси ҳамда фавқулодда вазиятлар ва ёнғин хавфсизлигини таъминлаш мақсадида мутасадди ташкилотлар билан ҳамкорликда назорат тадбирлари ўтказилмоқда. Чуст туман, "Чустнон-Дўстларобод"," Наврўз", "Сабзазор" МФЙлар хуқуқий хужжатларсиз қурилиши мақсадида ўзбошимчалик билан қурилиш ишлари ҳудуддаги ўрганишлар давомида аниқланди. Ноқонуний қурилмалар туман қурилиш бўлими томонидан бартараф этилмоқда.
Ижтимоий тармоқларда...
Шу кунларда ижтимоий тармоқларда “Микрокредитбанк” АТБ Чуст филиали билан боғлиқ мақола кенг омма эътиборига ҳавола этилган эди. Мазкур ҳолат юзасидан қуйидагиларни маълум қиламиз.
Фуқаро Муйдинов Абдуллахон Сайфулла ўғлининг 2022 йил 6 март кунида қилган мурожаати бўйича фуқаро билан сухбатлашилди. Мулоқот чоғида фуқаро 2022 йил 21 феврал кунида ўзининг номидаги пластик карта ҳисобини тўлдириш мақсадида банк филиалига келган ва нақд пулини банкомат ичига киргизган вақтда техник носозликлар сабабли пул банкоматни ичида қолиб кетганлигини маълум қилди. Ушбу қилинган мурожаати бўйича банк филиалининг мутасадди ходимлари томонидан фуқаронинг номидаги пластик картага 7 март 2022 йил кунида 1 550 000 (бир миллион беш юз минг) сўм пул маблағи кирим қилиб берилди. Фуқаро банк филиали ва ходимларига ўз миннатдорчилигини билдирди.









