Respublika ishchi guruhi tomonidan Chust tumani Birlik MFY hududidagi, 1991 yilgacha qurilgan uy-joylarni o‘rganish davrida aniqlangan kamchiliklarni barataraf etish maqsadida aniq yo‘naltirilgan tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan.

 

Chust tuman hokimi B. Xamdamov rahbarligida kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish bo‘yicha ishchi guruh aniqlangan kamchiliklar yuzasidan turar-joy binolari ichki kommunikatsiyalarni ta’mirlash, atrofini obodonlashtirish, yer to‘la qismlarni tartibga keltirish, elektr tizimini joriy ta’mirlash, noqonuniy qurilmalarni buzdirish, gaz tarmoqlari tekshirish va bo‘yash, daraxtlarga shakl berish, oqlash, yer maydonlarini chopish va tozalikni ta’minlash kabi topshiriqlar berilib, topshiriqlarni bajarilishi  o‘rganildi.

Bugungi kunga qadar Birlik MFY hududida aniqlangan 18 ta noqonuniy qurilmalardan 16 tasi belgilangan tartiblarga asosan buzdirildi, turar-joy ichki muxandislik tarmoqlari ta’mirlanib, kanalizatsiya muammosi bartaraf etildi. Elektr tizimidagi aniqlangan kamchiliklar ta’mirlanmoqda. Xududdagi markaziy transformator punkti joriy ta’mirlanib, tartibsiz tarmoqlari  tartibga keltirildi.

Turar-joy binolarining fasad qismini ta’mirlash tumandagi mavjud qurilish tashkilotlari tomonidan amalga oshirilishi belgilangan bo‘lib, hozirda 81, 82, 83, 84, 85, 86, 87, 109 turar-joy binolari fasad qismi ta’mirlandi.

Birlik MFY hududidagi obodonlashtirilgan bo‘sh yer maydonlariga Yashil makon umummilliy loyihasiga asosan ko‘chat ekish ishlari amalga oshirilmoqda.

bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalar yuzasidan mas’ullarga topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.

Janubiy Koreya davlatining BUEO shahri delegatsiya a’zolari Chust tumanida chorvachilik fermer xo‘jaliklari faoliyati bilan  tanishish uchun tumandagi Yusubjon Hoji Izbosarov fermer xo‘jaligiga tashrif buyurib, chorva hayvonlarini bokish usullari, ozuqalari va ko‘paytirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishilib, mutaxassislar tomonidan ozuqa bazasini yaxshilash, standart asosida innovatsion texnologiyalar asosida to‘yingan ozuqa orqali boqish va hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazildi.