Tumanda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil                22 dekabrdagi  “MA’NAVIYAT HAYOTIMIZDA YANGI KUCH, YANGI HARAKATGA AYLANISHI KERAK “ mavzusidagi  Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashining kengaytirilgan majlisidagi nutqidagi topshiriqlardan kelib chiqib, mahallalarda  aholi o‘rtasida ma’naviyat, madaniyat va san’atni targ‘ib qilish hamda kengashdagi Prezidentimizning nutqlarining mazmun-mohiyatini targ‘ib etish tadbirlari  davom etmoqda.

Bugun tumanimizdagi 1-sektor hududidagi Dam, Sherbilak va Istiqlol mahallalarda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashi Chust tuman bo‘linmasi rahbari S. Nasimxonova, tuman hokimining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchi O. Odiljonov, ma’naviyat targ‘ibotchisi N. Inoyatova,  shoir A. Ubaydullaev, madaniyat xodimi, qo‘shiqchi Dilmurod Temirov va tuman bosh otin oyisi R. Xoshimovalar ishtirokida  “Mahallada duv-duv gap” loyihasi amalga oshirildi. 

Tadbirda 580  nafar fuqaro ishtirok etdilar.

Shu munosabat bilan Chust tumani madaniyat markazi binosida tuman hokimligi,tashkilot raxbarlari jam bo‘ldilar.  

Chust tuman hokimi Bekzodjon Xamdamov  mamlakatimizda yosh avlod ta’lim-tarbiyasiga qaratilayotgan e’tibor, ularning komil inson sifatida voyaga yetishlari uchun yaratilayotgan sharoitlar haqida gapirib, yig‘ilganlarni yangi yil bilan samimiy qutladi.

Bu yerda o‘tkazilgan “Prezident archasi” shodiyonasi tadbirga taklif etilgan bolajonlar qalbida bir umr muhrlanib qolsa ajabmas. Turli ertak qahramonlari ishtirokidagi quvnoq dasturlar, teatrlashtirilgan sahna ko‘rinishlari olqishlar bilan kutib olindi.

Eng hayajonli daqiqalar 200 nafarga yaqin o‘g‘il-qizlarga “Prezident sovg‘asi”ni topshirish jarayoni bo‘ldi. Ularning yuz-ko‘zidagi quvonch va minnatdorlik tuyg‘ulari tadbirdan bir olam zavq olganlari ifodasi bo‘ldi. 

Chust tumani Bog‘i eram mahallasidagi Madaniyat markazida  «Yangi hayot uchun Yangi O‘zbekiston uchun !» shiori ostida madaniy-ma’rifiy uchrashuv tashkil etildi.

“Ma’naviyat karvoni”  a’zolarining chiqishlari   kuy qo‘shiqlar barchaga ko‘tarinki kayfiyat baxsh etdi.

Chust tumani Pilol mahallasidagi Varzik madaniyat markazida  "Yangi hayot uchun Yangi O‘zbekiston uchun!" shiori ostida madaniy-ma’rifiy uchrashuv tashkil etildi.

Tadbir ishtirokchilari ilm-fan, adabiyot, san’at, madaniyat namoyondalari bilan uchrashdilar

Muloqot chog‘ida  davlatimiz rahbari olib borayotgan insonparvarlik siyosati yoshlarga kuch-quvvat va kelajakka bo‘lgan ishonchni mustahkamlayotgani aytilib, bunday samimiy va ochiq muloqotlar yanada ko‘proq tashkillanishi ta’kidlandi.

“Ma’naviyat karvoni”  a’zolarining chiqishlari kuy- qo‘shiqlar barchaga ko‘tarinki kayfiyat bahsh etdi.

     Chust tuman hokimi B. Xamdamov  1-sektor hududidagi Shoyon va Qiziltepa mahalla yoshlari va fuqarolari qabuli o‘tkazildi.

    Qabulda tuman hokimining o‘rinbosarlari, hudud hokim yordamchilari, korxona, tashkilot rahbarlari va mahallaning  10 dan ziyod yoshlari va fuqarolari ishtirok etishdi.

   Ochiq muloqotda fuqarolar ko‘mir, suyultirilgan gaz balon, yo‘l, ish bilan ta’minlash, shag‘allashtirish, tibbiy-ijtimoiy yordam va boshqa o‘zlarini qiynayotgan masalalar bo‘yicha murojaat qilishdi.

       Barcha murojaatlar tegishli tartibda ro‘yxatga olindi, 7 nafar fuqarolarning murojaatlari joyida hal etildi, ayrim murojaatlar huquqiy maslahat va tushunchalar bilan qoniqtirildi. Muddat talab etiluvchi murojaatlar esa hal etish uchun tegishli mutasaddilarga biriktirilib, nazoratga olindi.