Shu munosabat bilan Chust tumani madaniyat markazi binosida tuman hokimligi,tashkilot raxbarlari jam bo‘ldilar.  

Chust tuman hokimi Bekzodjon Xamdamov  mamlakatimizda yosh avlod ta’lim-tarbiyasiga qaratilayotgan e’tibor, ularning komil inson sifatida voyaga yetishlari uchun yaratilayotgan sharoitlar haqida gapirib, yig‘ilganlarni yangi yil bilan samimiy qutladi.

Bu yerda o‘tkazilgan “Prezident archasi” shodiyonasi tadbirga taklif etilgan bolajonlar qalbida bir umr muhrlanib qolsa ajabmas. Turli ertak qahramonlari ishtirokidagi quvnoq dasturlar, teatrlashtirilgan sahna ko‘rinishlari olqishlar bilan kutib olindi.

Eng hayajonli daqiqalar 200 nafarga yaqin o‘g‘il-qizlarga “Prezident sovg‘asi”ni topshirish jarayoni bo‘ldi. Ularning yuz-ko‘zidagi quvonch va minnatdorlik tuyg‘ulari tadbirdan bir olam zavq olganlari ifodasi bo‘ldi.