Мактаблар бугун яна ўқувчиларни ўз бағрига олди. Чуст тумани Халқ таълими бўлимига қарашли 61-сонли умумий ўрта таълим мактаби жорий йил "Обод қишлоқ" Дастури доирасида мукаммал таъмирланди.

"Билимлар куни" кўркам қиёфага эга бўлган таълим масканида муносиб нишонланди.

 Айни пайтда ушбу даргоҳда 27 нафар педагог ходимлар фаолият кўрсатмоқда. Мактаб 180 ўринга мўлжалланган бўлиб, ҳозирда 202 нафар ўқувчи таълим тарбия олмоқда.

Yoshlarning bòsh vaqtini samarali òtkazish va ular o‘rtasida soģlom turmush tarzini shakllantirish maqsadida òtqazilyotgan Namangan Liga chempionat va kubok òyinlarida Tòraqòrģon tumanining "Yoshlik " jamoasi va Chust tumanining "Chust" jamoasi tumanimizning Markaziy òyingohida sportning Fudbol yònalishi bòyicha tòp surushdi.Òyin qizģin davom etib 6 : 0 xisobda Chust jamoasi ģoliblikni qòlga kiritdi.

Чуст туман ҳокимлиги, Халқ депутатлари Чуст туман Кенгаши ҳамда "Маҳалла хайрия жамоат фонди" Чуст туман бўлинмаси ҳамкорлигида Мустақиллигимизнинг  30 йиллиги муносабати билан, туманда истиқомат қилувчи "Қатағон қурбонилари"нинг оила аъзолари, ижтимоий ҳимояга муҳтож хонадон вакиллари, ногирон, боқувчисини йўқотган фуқаролар ҳолидан хабар олинди. Уларга озиқ-овқат маҳсулотлари тарқатилди."Махалла хайрия жамоат фонди"  ва "Саховат ва кўмак жамғармаси" томонидан  ижтимоий ҳимояга муҳтож, ҳозирги кунда бемор бўлган фуқароларнинг 90 нафарига дори дармон олиш ва даволанишлари учун  жами 48 510 000 сўм нақд пул тарқатилди.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 2 fevraldagi PQ-2753-son Farmoniga muvofiq pensiya va nafaqa pullari har oyning 27 sanasiga qadar to‘lanishi ta’minlanmoqda.Xususan, to‘lovlar har oyning birinchi bank ish kunidan boshlanib, kunlik grafik asosida (dam olish kunlaridan tashqari) mahalla fuqarolar yig‘inlari va fuqarolarning yashash manziliga borgan holda yetkazilmoqda.Xabaringiz bor, davlatimiz rahbarining 2020 yil 3 dekabrdagi “2021 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida”gi PF-6122-sonli farmoniga asosan 2021 yilning 1-5 sentyabr kunlari respublikamizda barcha soha vakillari uchun dam olish kuni deb e’lon qilindi. Shu munosabat bilan fuqarolar o‘rtasida tushunmovchiliklar yuzaga kelishini oldini olish hamda pensiya va nafaqa oluvchilarning ovoragarchiliklariga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida Pensiya jamg‘armasi va Xalq banki quyidagilarni ma’lum qiladi:- sentyabr oyi uchun beriladigan pensiya va nafaqa to‘lovlari naqd pul shaklida 6-7 sentyabr sanasidan boshlab amalga oshiriladi hamda belgilangan muddatlargacha to‘lanishi ta’minlanadi;- pensiya va nafaqa to‘lovlarini naqd pulsiz shaklda oluvchi fuqarolarga mablag‘lar 6-7 sentyabr kunlari ularning bank plastik kartalariga yuklanishi ta’minlanadi.

Manba: Pensiya jamg‘armasi matbuot xizmati