Avval xabar berganimizdek, bugun Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov boshchiligidagi Ishchi guruhi Chust tumanida bo‘lib, qishloq xo‘jaligi sohasida amalga oshirilayotgan bahorgi yumushlar,  tomorqadan foydalanish madaniyati, oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash borasidagi ishlar bilan yaqindan tanishmoqda.

"O‘zbekiston"  MMTP hududida amaliy ishlarning natijasi bo‘y ko‘rsatganiga guvoh bo‘lindi: "Shams nurlari" fermer xo‘jaligida 12 gektar yerga ekilgan chigit bexato unib chiqdi.

"Bugun dehqonning ko‘zidan uyqu qochgan payt. Chigitni tezroq ekib,  undirib olish payida. Qishloq xo‘jaligi sohasi mutasaddilari unga amaliy yordam ko‘rsatishi, dalda bo‘lishi kerak"- deb ta'kidladi Shavkatjon Abdurazzoqov.