• Moliyaviy-iqtisodiy ko‘rsatkichlar
  • Asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar:

2022 yil yanvar-dekabr oylari yakuni bilan o‘tgan yilga nisbatan sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish 1523,7 mlrd.so‘m (o‘tgan yilga nisbatan 121,1 foiz), qishloq xo‘jaligi mahsulotlari 2258,9 mlrd.so‘m (o‘tgan yilga nisbatan 104,2 foiz), pudrat ishlari 379,2 mlrd.so‘m (o‘tgan yilga nisbatan 108,8 foiz), chakana savdo aylanmasi 1707,9 mlrd.so‘m (o‘tgan yilga nisbatan 124,7 foiz) va jami xizmat hajmi 1057,4 mlrd.so‘m (o‘tgan yilga nisbatan 111,2 foiz)ni tashkil qildi.

Aholi jon boshiga sanoat mahsulotlari ulushi 5498,3 ming.so‘mni (2021 yilda 2772,8 ming.so‘m, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 2725,6 ming.so‘mga ko‘p), qishloq xo‘jaligi mahsulotlari 8151,4 ming so‘mni (2021 yilda 7044,4 ming.so‘m, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1107,7 ming.so‘mga ko‘p), pudrat shlari 1368,4 ming so‘mni (2021 yilda 1161,5 ming.so‘m, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 206,9 ming.so‘mga ko‘p), chakana savdo aylanmasi 6163,7 ming.so‘mni (2021 yilda 4474,5 ming.so‘m, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1689,2 ming.so‘mga ko‘p) va xizmat hajmi 3815,9 ming so‘mni (2021 yilda 3218,5 ming.so‘m, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 597,4 ming.so‘mga ko‘p) tashkil etadi.

 

2023 yil yanvar-dekabr oylari yakuni bilan tumanda asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni amalga oshirish prognozini belgilab oldik.

Jumladan;

-Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish 1814,6 mlrd.so‘m (o‘sish sur’ati 120,2 foiz)ga,

-Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari 2108,0 mlrd.so‘m (o‘sish sur’ati 104,3 foiz)ga,

-Pudrat ishlari 368,4 mlrd.so‘m (o‘sish sur’ati 109,1 foiz)ga,

-Chakana savdo aylanmasi 2196,1 mlrd.so‘m ((o‘sish sur’ati 126,0 foiz)ga,

-Xizmat hajmi 1260,2 mlrd.so‘m (o‘sish sur’ati 116,2 foiz)ga bajarilishi rejalashtirib olindi.

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish:

Tumanda tadbirkorlik sub’ektlariga yaratilgan qulayliklar va investitsiya jarayonlarini yaxshilash hamda tadbirkorlik sub’ektlarini ikki barobarga oshirish yuzasidan ko‘rilayotgan choralar natijasida 2022 yilning o‘zida 459 ta yangi kichik biznes sub’ektlari tashkil etildi hamda tumanda faoliyat yuritayotgan kichik biznes sub’ektlari soni 3105 taga yetkazildi.

2022 yil davomida jami 1822 nafar fuqarolarga va 41 nafar tadbirkorlik sub’ektlariga 218,0 mlrd.so‘m kredit mablag‘lari ajratildi.

Jumladan, oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida 1822 nafar fuqarolarga 54,1 mlrd.so‘m kredit mablag‘lari ajratilib, buning hisobiga 3020 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi.

 

2023 yilda xizmat ko‘rsatish va investitsiya loyihalari uchun 35 ta  tadbirkorlik sub’ektlariga jami 65,5 mlrd.so‘m, aholiga oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturi doirasida 55,5 mlrd.so‘m imtiyozli kredit mablag‘lari ajratib yangi 2305 ta yangi ish o‘rinlari yaratish rejalashtirib olindi.  

Bandlik masalasi:

Tumanda 2022 yilning 1 yanvar holatiga tumanda jami 121,9 ming (jami aholi 275,4 ming) nafar mehnatga layoqatli fuqarolar bo‘lib, shundan, band bo‘lganlar soni 110,9 mingni, ishsizlar 10 ming 975 nafarni tashkil etib, tumanning ishsizlik darajasi 9,0 foizga to‘g‘ri kelgan.

         Aholini kambag‘allikdan chiqarishda ularning bandligini ta’minlash eng muhim masala hisoblanib, 2022 yilda 48 ming 726 nafar aholini doimiy va mavsumiy ish o‘rinlarida bandligini ta’minlash bo‘yicha komplekslar kesimida rejalar belgilab olgan edik.

         2022 yilning 31 dekabr holatiga belgilangan yo‘nalishlarda jami 51,5 ming nafar fuqarolar (21,3 ming doimiy, 30,2 ming mavsumiy) bandligi ta’minlanib, yillik reja 105,7 foizga bajarildi.

         Jumladan;

         -iqtisodiy kompleksda 28 ming 846 nafar;

         -investitsiya kompleksida 2 ming 903 nafar;

         -transport va kommunal cohasida 1 ming 292 nafar;

         -qishloq xo‘jaligida 17 ming 667 nafar;

         -turizm, madaniyat sohasida 794 nafar ish o‘rinlari yaratildi.

 

2023 yilda tumanda jami 52 ming 358 nafar (shundan 24 ming 239 nafar doimiy, 21 ming 618 nafar mavsumiy va 6 ming 501 nafar legallashtirish hisobiga) aholi bandligini ta’minlash va yangi ish o‘rinlari yaratishni rejalashtirib oldik.

         Jumladan;

         -iqtisodiy kompleksda 15 ming 393 nafar;

         -investitsiya kompleksida 2 ming 204 nafar;

         -transport va kommunal cohasida 2 ming 11 nafar;

         -qishloq xo‘jaligida 31 ming 221 nafar;

       -turizm, madaniyat sohasida 1 ming 529 nafar ish o‘rinlari yaratiladi..

II.Qurilish, kommunikatsiya va uy-joy qurilish soha

2022 yil Investitsiya dasturi bo‘yicha 53,3 mlrd.so‘m (2021 yilda 34,3 mlrd.so‘m) mablag‘ sarflanishi hisobiga 10 ta ijtimoiy soha ob’ektlari rekonstruksiya  qilinib foydalanishga topshirildi. (Jumladan, 26-sonli Mehrjon oromgohi, 41-sonli maktab,59-13-sonli MTTlar va yangi 360 o‘rinli MTT, 400 qatnovli ko‘p tarmoqli markaziy poliklinika, 50 qatnovli OShP, 3,6 km yo‘l, Sabzazor EIZ ichki va kirish yo‘llar,  salomatlik yo‘lagi)

Bundan tashqari, tumanda mavjud infratuzilmalarni yaxshilash maqsadadi 2022 yil davomida 16,7 mlrd.so‘m mablag‘ sarflanishi hisobiga 374,0 km ichki yo‘llar ta’mirlandi. (Jumladan, 240 km yo‘llarda joriy ta’mirlash, 116,5 km yo‘llarda shag‘allash, 21,3 km asfalto-beton qoplamlama ishlari bajarildi)

Shu bilan bir qatorda, 2022 yil davomida 21.8 mlrd.so‘m mablag‘ evaziga 64,2 km ichimlik suv tarmog‘i tortildi.

Shuningdek, aholining elektr ta’minotini yaxshilash maqsadida 93 ta transformator punktlari hamda 213 km elektr tarmoqlari mukammal ta’mirlandi, 18 km yangi elektr tarmoqlari tortildi, 764 dona yangi temirbeton tayanchlar o‘rnatilib, 3.6 mlrd.so‘m mablag‘ sarflandi. 

Bundan tashqari, 2022 yil “Obod qishloq” davlat dasturi doirasida tumandagi “Ariqbo‘yi” va “Qal’ai-Poyon” mahalla fuqarolar yig‘inlarini ijtimoiy-iqtisodiy hamda aholi yashash sharoitlarini yaxshilash maqsadida hududlarda 22,3 mlrd so‘m mablag‘lar sarflanishi hisobiga 18,1 km yo‘llar ta’mirlanadi, 18,5 km ichimlik suvi tarmog‘i tortildi, 6,2 km elektr tarmoqlar tortildi.

“Raqamli O‘zbekiston - 2030” strategiyasini amalga oshirish chora-tadbirlari doirasida 2022 yil davomida 283 km optik tolali aloqa liniyalari qurilib, ularning umumiy uzunligi 379 km yetkazildi hamda 1 248 ta internet tarmog‘iga keng polosali ulanish portlari o‘rnatilib, 34 ta maktabgacha ta’lim, 56 ta xalq ta’limi va 16 ta tibbiyot muassasalari yuqori tezlikka mo‘ljallangan optik tolali internet tarmog‘iga ulandi.

2022 yilda aholining uy-joyga bo‘lgan talabini qondirish maqsadida 26 ta 636 xonadondan iborat ko‘p qavatli turar-joylar qurib foydalanishga topshirildi. Shundan 320 ta xonadondan iborat 16 ta ko‘p qavatli arzon turar joylar hamda tadbirkorlar tomonidan qurib bitkazilgan 316 ta xonadondan iborat 10 ta ko‘p qavatli turar joylardir.

  • Yashil makon umummilliy dasturi masalasi

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 30.12.2021 yildagi PF-46-sonli Farmoni ijrosi bo‘yicha daraxt va buta ko‘chatlari uchun viloyat mahalliy budjetidan jami 229,0 mln.so‘m mablag‘lar ajratilgan. Joriy yilning 1 oktabr holatiga 229,0 mln.so‘m mablag‘lar daraxt va buta ko‘chatlari uchun to‘lab berilgan. 2022 yil kuz mavsumida 467,6 ming dona ko‘chat ekish uchun mahalliy budjetning qo‘shimcha manbalaridan jami 231,0 mln.so‘m mablag‘lar ajratilishi hisobiga tumanda 2022 yil kuz mavsumida 508 ming dona mevali, manzarali va buta ko‘chatlari ekildi.

Shuningdek, tumanda yuqoridagi qarorga asosan “Yashil bog‘” va Yaishl park”lar tashkil etilib, bugungi kunda yashil bog‘da 20 mingdan oshiq manzarali daraxlar parvarish qilinmoqda.

“Yashil park” Yangi O‘zbekiston masssivi xududida tashkil etilgan bo‘lib, hozirda mazkur parkka 500 dan ziyod ko‘chat ekildi.

 

2023 yil bahor mavsumida 802,0 ming dona ko‘chat ekish ko‘zda tutilib, manzarali, mevali daraxt va buta ko‘chatlari hamda qalamchalari ekish bo‘yicha joriy yil bahor mavsumida sohalar kesimida reja ishlab chiqildi

III. Investitsiya masalasi.

Hududiy loyihalar bo‘yicha:

2022 yilda tumanda jami 101 ta loyihalarga 836,0 mlrd so‘m (shundan loyiha tashabbuskorining o‘z mablag‘lari hisobidan 618,1 mlrd. so‘m, bank krediti hisobidan 165,1 mlrd.so‘m) investitsiya mablag‘lar sarflanib, 2903 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi.

Jumladan, 28 ta sanoat yo‘nalishida 2141 ta yangi ish o‘rni, 43 ta xizmat ko‘rsatish yo‘nalishida 370 ta yangi ish o‘rni va 30 ta qishloq xo‘jaligi yo‘nalishida 392 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi.

Bu o‘tgan 2021 yilda 127 ta loyihalarga 687,7 mlrd so‘m  investitsiya mablag‘lar sarflanib, 2831 ta yangi ish o‘rinlari yaratilgan. 2021 yilga nisbatan 102,5 foizga (72 ta ortiq) bajarilgan.

 

Misol uchun: Chustnon-Do‘stlarobod MFY hududida joylashgan “NAMANGAN SEMENT” MChJ tomonidan umumiy qiymati 320,0 mlrd.so‘mlik sement maxsulotlari ishlab chiqarishni 2-bosqichi ishga tushurilib,  220 nafar ish o‘rinlari yaratildi.

 

2023 yilda 70 ta loyihalarga jami 1 614,9 mlrd.so‘m, (shundan o‘z mablag‘lari hisobidan 1 201,5 mlrd.so‘m, bank kreditlari hisobidan 58,8 mlrd.so‘m, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya mablag‘lari hisobidan 29,8 mln. AQSh dollar) sarflanishi hisobiga jami 3416 nafar yangi ish o‘rinlari yaratilishi rejalashtirilgan.

 

Eksport bo‘yicha:

Tumanda 2022 yilda 36,3 mln AQSh. dollarlik eksport rejasi belgilab olingan bo‘lib, (shundan 22,7 mln. dollarlik sanoat hamda  13,5 mln. dollarlik qishloq xo‘jaligi mahsulotlari) yil yakuni bilan  45,6 mln dollarlik mahsulotlar eksport qilindi hamda belgilangan reja 125,6 foizga bajarildi (bu 2021 yillik rejaga nisbatan 13,8 mln. dollarga ortiq yoki 142,9 foizga ortiq). Jumladan, yil davomida 31,8 mln dollarlik sanoat mahsulotlari, 13,8 mln dollarlik qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksport qilindi.

 

2022 yilda eksport geografiyasi kengayish hisobiga Janubiy Koreya, Xitoy, AQSh va Kanada davlatlariga 4,1 mln. dollarlik mahsulotlar eksport qilindi.

2023 yilda jami 69,9 mln dollarlik jumladan 50,0 mln. dollarlik sanoat mahsulotlari, 19,9 mln dollarlik qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksport qilish rejalashtirilgan.

 

Xorijiy investitsiya bo‘yicha:

2022 yil davomida jami 84,5 mln dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya mablag‘lari o‘zlashtirilib, tasdiqlangan rejaga nisbatan 1,0 mln dollar ortiq yoki 101,2 foizga bajarildi.

 Bu o‘tgan 2021 yildagi 68,3 mln dollar rejaga nisbatan 123,7 foizga (16,2 mln dollarga ortiq) bajarilgan.

 

2022 yilda o‘zlashtirilgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar

-“Factory cement” MChJ-14,9 mln. dollar,

-"Namangan sement" MChJ-22,3 mln. dollar

-"Siberian Wellnes Namangan" MChJ 5,1 mln. Dollar

-“Tai chang special steel” MChJ Q/K 9,4 mln. dollar

Qo‘shimcha loyixalar

-“Ifoda agro kimyo ximoya” MChJ-25,0 mln. dollar,

-“Yeco basalt” MChJ Q/K-7,8 mln. dollar,

 

2023 yilda 2022 yil 28 dekabrdagi PQ–459-son qarori 3-ilovasiga asosan 92,4 mln. dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya mablag‘lari o‘zlashtirilishi tasdiqlangan.

 

 “Namangan” EIZ bo‘yicha:

“Namangan” EIZ uchun jami 410,4 gektar yer maydoni ajratilgan bo‘lib, xozirgi kunga kelib 168,3 ga yer maydonida umumiy qiymati 298,8 mln dollar miqdoridagi shundan 162,4 mln. dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya mablag‘lari hisobidan 19 ta istiqbolli loyixalar ishga tushirilishi hisobiga jami 7747 nafar yangi ish o‘rinlari yaratilishi belgilangan.

Bundan tashqari bugungi kunda jami 113,7 gektar shundan “Sabzazor” massivi xududida 50,8 gektar, “Zarafshon” massivi xududida 62,9 gektar, bo‘sh yer maydonlari mavjud.

Ishga tushirilgan loyixalar “Namangan” EIZ hududida 39,7 ga yer maydonini egallagan umumiy qiymati 59,8 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan 4 ta loyixalar amalga oshirilishi natijasida 2450 nafar yangi ish o‘rinlari yaratildi.

(“Chust textle” MChJ, “Tai chang special steel” MChJ Q.K, “Ifoda Agro Kimyo Himoya” MChJ hamda “Siberian wellness namangan” MChJ X.K).

Amalga oshirilayotgan loyixalar: Namangan” EIZ hududida 63,0 ga yer maydonini egallagan 8 ta umumiy qiymati 156,6 mln. AQSh dollarlik loyixalarda tarmoq jadvaliga asosan 2021-2023 yillar davomida bosqichma-bosqich ishga tushirish bo‘yicha qurilishi ishlari amalga oshirilmoqda. Mazkur loyihalar ishga tushurilishi natijasida 2455 ta yangi ish o‘rinlari yaratiladi.

(“Yeco basalt” MChJ Q/K, “Namangan changan motors” MChJ Q/K va “Chust Poyafzal” MChJ, “Chust Basalt Group” MChJ va boshqalar).

 

Istiqboldagi loyixalar: Namangan” EIZ hududida 85,7 ga yer maydonini egallagan 8 ta umumiy qiymati 147,4 mln. AQSh dollarlik loyixalar ishga tushurilishi natijasida 3092 ta yangi ish o‘rinlari yaratiladi.

(“Chust Karton-product” MChJ, “Nurobod Sifat Tekstil” MChJ, “Zamin Metal Sanoat” MChJ va boshqalar).

 

Kichik sanoat zonalari bo‘yicha:

Bugungi kunda 6 ta kichik sanoat zonalarida umumiy qiymati 1 trln. 861 mlrd. so‘m miqdoridagi investitsiya mablag‘lari jalb qilinib, 94 ta loyihalarda 3215 nafar yangi ish o‘rinlari yaratish belgilab olindi.

Xozirgi kunga kelib, tashkil etilgan KSZlarida  339,7 mln. so‘m miqdoridagi investitsiya mablag‘lari jalb qilinib, 53 ta loyihalarda 1628 nafar yangi ish o‘rinlari yaratildi.

2023 yil yakuni bilan umumiy qiymati 1 trln. 501 mlrd. so‘m miqdoridagi 41 ta loyihalarda 1607 nafar yangi ish o‘rinlari yaratiladi.

 

IV.Ijtimoiy yo‘nalishda

Maktabgacha ta’limi bo‘yicha:

2022 yilda tumanda barcha yo‘nalishlarda 30 ta (2021 yili 54 ta) maktabgacha ta’lim tashkilotlari tashkil etilib, ularning umumiy soni 264 tani tashkil etib bularda jami 17666 nafar bolalar ta’lim olishmoqda. Bu bilan tumandagi qamrov darajasi 80,3 foizga ko‘tarishga erishildi.

Tumandagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari

Davlat MTTlar 63 ta,

xususiy MTTlar 2 ta,

Davlat xususiy sherikchilik asosidagi MTTlar 1 ta,

Oilaviy MTTlar 198 ta

 

Halq ta’limi bo‘yicha:

Tumandagi 77 ta umumta’lim maktablarida 45082 nafar o‘quvchilar tahsil olmoqda. 2022 yilda umuta’lim maktablarining 11-sinfini tamomlagan 2713 nafar bitiruvchilarimizdan 850 (31%) nafari oliy ta’limga kirishdi yoki o‘tgan 2021 yilga nisbatan 7,5 (2021 yil 23,5) foizga ortgan.

Umumiy o‘zlashtirish ko‘rsatkichi 2021 yilda 65 %ni tashkil etgan bo‘lsa, 2022 yilda bu ko‘rsatkich 73 %ga oshgan.

Joriy yilda tumanimiz yoshlari tomonidan Respublika miqyosidagi tanlov g‘oliblari 33 nafarni tashkil etgan bo‘lsa, tumandagi umumta’lim maktablaridan jami 134 nafar o‘quvchilar muddatidan oldin oliy ta’lim muassasalariga kirib, talabalikni qo‘lga kiritdilar.

 

Sog‘liqni saqlash tizimi bo‘yicha:

Tuman tibbiyot birlashmasiga joriy yilda 274 500 nafar aholi uchun budjet mablag‘laridan 3 mlrd 392 so‘m mablag‘ ajratilib, ushbu mablag‘lar hisobidan 52 turdagi dori vositalari tuman aholisiga yetkazib berildi.

Bundan tashqari, 2022 yil davomida tumandagi 17 MFYlarga konteynerlar asosida 17 ta tibbiyot punktlari tashkil etildi.

 

“Temir daftari” bo‘yicha:

01.01.2022 yil holatiga  “Temir daftar” ro‘yxatida 28 ta oilaning 74 nafar a’zolari va ularning 12 nafar mehnatga layoqatli a’zolari qolgan bo‘lib, tuman sektor raxbarlari tomonidan qayta xatlovdan o‘tkazish natijasida 287 ta oilaning 1230 nafar a’zolari va ularning 291 nafar mehnatga layoqatli a’zolaridan yangi ehtiyojmand oilalar daftarga kiritilib, jami 315 ta oilalar ro‘yxatlari shakllandi.

Yil davomida “Temir daftarda”gi oilalarga “Sahovat va ko‘mak” jamg‘armasi xisobidan ga 1,6 mlrd. so‘m mablag‘lar sarflandi.

Jumladan, “Temir daftar”ga kiritilgan, boquvchisini yo‘qotgan, nogironligi bo‘lgan ehtiyojmand oilalarning 223 nafariga qiymati 851,1 mln. so‘m bo‘lgan 9 066 dona parranda,  56 nafariga qiymati 165,7 mln so‘m bo‘lgan 103 bosh qo‘y olib berildi hamda 6 ta oilalarning tibbiy yordamga muhtoj a’zolarini davolanish uchun 7,0 mln.so‘m,  4 ta oilalarning  ishga layoqatli a’zolarini bandligini ta’minlash uchun 20.0 mln.so‘m, 28 nafar oilalarga oilaviy tadbirkorlik bilan shug‘ullanishlari uchun  671,0 mln.so‘m imtiyozli kreditlar ajratildi.

 Shu bilan birga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-20-son qaroriga asosan "Temir daftar"ga kiritilgan 105 nafar oilalarning mehnatga layoqatli a’zolari bandiligini ta’minlash daromad  manbaini yaratish maqsadida auksion savdolari orqali har bir fuqaroga 10-15 sotixdan jami 11,4 ga yer maydonlari dehqonchilik faoliyatini amalga oshirish uchun ajratib berildi.

Xalq depuatlari Chust tuman Kengashining tegishli qarorilarga asosan, 2022 yilda “Temir daftar”dan turli ko‘rinishdagi yordamlarni olgan 313 ta oilalar ro‘yxatdan chiqarildi. Jumladan, 1-sektordan 66 ta oila, 2-sektordan 131 ta oila, 3-sektordan 83 ta oila va 4-sektordan 33 ta oilalar chiqarildi.

 

“Yoshlar daftari” bo‘yicha:

Tumanda yoshlar bandligini ta’minlash hamda ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 19 yanvardagi “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-92-sonli qaroriga asosan amalga oshirib kelinmoqda.

Ushbu qarorda belgilangan vazifalardan yoshlar balansini shakllantirish maqsadida tumandagi 72 ta mahallalardagi 52 197 ta xonadon uyma-uy yurilib, 14-30 yoshdagi 66 477 nafar 98.0 % (32 044 nafari qizlar) yoshlar xatlovdan o‘tkazildi.

“Yoshlar daftari”ni yuritish to‘liq elektron tizimga o‘tkazildi va bu borada mas’ullar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar kunlik monitoring qilinib, mahalla-sektor kesimida tahliliy ma’lumotlar kiritilib borilmoqda.

2022 yilda “Yoshlar daftari”ga kirish uchun jami 2 837 ta  onlayn murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, shundan, 1 776 tasi (62,6%) tasdiqlangan, 1 061 tasi (37,4%) rad etilgan.

Amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida 2023 yil 01 yanvar holatiga, 1 863 nafar (91,5 foiz) yoshlar daftardan chiqarildi.

 

 

Jumladan, ko‘rsatilgan yordam turlari bo‘yicha

·           557 nafariga

Kontrakt puli to‘lab berildi

·           55 nafariga

Safarbarlik chaqiruv rezervi badal puli to‘lab berildi

·           47 nafariga

Xaydovchilik o‘quv kursi xarajatlari to‘lab berildi

·           255 nafariga

Subsidiya asosida mexnat qurollari olib berildi

·           92 nafariga

Ish o‘rinlariga joylashtirildi

·           536 nafariga

Yer ajratilishi xisobiga bandligi ta’minlandi

·           41 nafariga

·           454 nafariga

Kelajak kasblari uchun yordamlar ko‘rsatildi

Boshqa turdagi yordamlar ko‘rsatildi

Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi o‘rinbosari, Mahallalarda yoshlar bilan ishlash masalalarini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika komissiyasi raisi rahbarligida 2022-yil 30-iyun kuni o‘tkazilgan yig‘ilish bayonining ijrosini ta’minlash maqsadida “Besh tashabbus olimpiadasi” o‘tkazildi. Ushbu sport musobaqalarining mahalla bosqichlarida 54 520 nafar yoshlar qamrab olindi.

Ushbu tadbirlarni o‘tkazish hamda 1863 nafar yoshlarning muammolarini bartaraf etish uchun “Yoshlar jamg‘armasi” mablag‘lari hisobidan 2022 yil davomida shakllantirilgan 3 mlrd 175 mln so‘m mablag‘dan 2 mlrd 817 mln so‘m sarf etildi. Shundan  1  mlrd 873 mln so‘m “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarning muammolari xal etish,  “Besh tashabbus olimpiadasi”ning ikkinchi mavsumi doirasidagi sport musobaqalari g‘olib va sovrindorlarini taqdirlash uchun 200,5 mln so‘m hamda 743,5 mln so‘m sport inventarlari va tadbirlarni o‘tkazish uchun sarflandi.

Shu bilan bir qatorda, 2022 yil davomida tumandagi 2 461 nafar yoshlar bandiligi ta’minlashga erishildi. (Jumladan, 1620 nafari doimiy ishlarga, 507 nafari kasb-xunarga o‘qitish orqari, 14 nafariga subsidiya asosida asbob-uskunalar ajratish bilan o‘zini-o‘zi band qilinishi hamda 320 nafari vaqtinchalik jamoat ishlariga jalb qilinib bndligi ta’minlandi)

 Shuningdek, 504 nafar yoshlarga “Xar bir oila tadbirkor” Dasturi doirasida 15,5 mlrd. so‘m tijorat bank kreditlari ajratildi. Bunda, 271 tasi chorvachilik yo‘nalishida, 34 tasi parrandachilik, 46 tasi tikuvchilik, 17 ta issiqxona, 74 ta asalarichilik, 38 ta xizmat ko‘rsatish va 87 tasi boshqa maqsadlar uchun ajratilgan.

 

“Ayollar daftari” bo‘yicha:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 31 mart kunida 145-sonli “Xotin-qizlarni muammolarini o‘rganish va hal etish tizimini yanada takomillashtirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori ijrosini Chust tumanida ta’minlash maqsadida tumandagi xotin-qizlarning ehtiyojmand qatlamini qo‘llab-quvvvatlash, daromadlarini oshirish, ishsiz fuqarolarni ishga joylashtirish maqsadida 30 yoshdan yuqori 67 236 nafar bo‘lgan xotin-qizlarning yashash sharoitlari o‘rganilib, 2022 yil 5 may kunidagi tuman Kengashi Sessiyasining qarori bilan  4718 nafar xotin-qizlar 6 ta toifada “Ayollar daftari”ning 3-bosqichiga ro‘yxatlari kiritildi.

1-sektorda – 1100 nafar (23,3%)

2-sektorda – 1583 nafar (33,5%)

3-sektorda – 1535 nafar (32,5%)

4-sektorda – 500 nafar (10,7%)

Shundan,

-1-toifaga 1 089 nafari ijtimoiy himoyaga muhtoj ishsiz xotin-qizlar,

-2-toifaga 143 nafari tadbirkorlik qilish istagida bo‘lgan ehtiyojmand xotin-qizlar,

-3-toifaga 1 440 nafari boquvchisi bo‘lmagan ehtiyojmand xotin-qizlar (shundan, 17 nafari uy-joyi ta’mirlanadigan xotin-qizlar)

-4-toifaga 1 483 nafari ijtimoiy yordamga muhtoj 1 va 2-guruh nogironligi bo‘lgan shuningdek, tezkor tibbiy muolajaga muhtoj ehtiyojmand xotin-qizlar (shundan, 6 nafari uy-joyi ta’mirlanadigan xotin-qizlar)

-5-toifaga 5 nafari uy-joyga muhtoj ehtiyojmand xotin-qizlar                                (shundan, 4 nafari uy-joy bilan ta’minlanadigan xotin-qizlar)         -6-toifaga 558 nafari qaramog‘ida nogironligi bo‘lgan bolalari mavjud ehtiyojmand xotin-qizlar (shundan, 3 nafari tomorqadan unumli foydalanish uchun yordam beriladigan xotin-qizlar)ni daftarga kiritildi.

2022 yil davomida jami 4718 nafar xotin-qizlardan 4 668 nafariga ya’ni 99 %iga moddiy va ma’naviy yordamlar ko‘rsatildi.

1-sektor

1100 nafardan

1091 nafari (99%)

2-sektor

1583 nafardan

1583 nafari (100%)

3-sektor

1535 nafardan

1511 nafari (98%)

4-sektor

500 nafardan

486 nafari (97%)

Jumladan, 1 082 nafari ishga joylashtirildi, 130 nafariga imtiyozli kreditlar ajratildi, 1 427 nafar boquvchisini yo‘qotgan ayollarga, ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan 1 466 nafar 1-2 guruh nogironliklari mavjud xotin-qizlarga, hamda qaramog‘ida nogiron farzandi bo‘lgan 558 nafar xotin-qizlarga bir martalik moddiy yordam puli berildi.

Bundan tashqari, 18 nafar uy-joyga muhtoj extiyojmand xotin-qizlar uy bilan ta’minlandi, 25 nafar xotin-qizlarning uy-joyi ta’mirlab berildi hamda 1 nafarining uy-joy ijara kompensatsiya puli to‘lab berildi.

Bugungi kunga kelib “Ayollar daftari” turgan 50 nafar xotin kizlarga  ma’lum sabablarga ko‘ra amaliy yordamlar kursatilmadi. Jumladan,

27 nafar xotin kizlar vafot etgan, 13 nafari boshka davlatga kuchib ketgan, 10 nafari kredit olishni rad etganligi sababli.

Shu bilan birga, “Ayollar daftari”da bo‘lgan 4718 nafar ayollarni to‘liq tibbiy ko‘riklan o‘tkazilib, tibbiy yordamlar berildi, 2340 nafariga xuquqiy va psixologik yordamlar ko‘rsatildi.

2022 yilda ushbu chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun “Ayollar daftari” jamg‘armasidan hisobidan jami 1 mlrd 553 mln.so‘m mablag‘lar sarflandi.

Tumanda jami 4095 nafar xotin-qizlar bandligi ta’minlandi  Shundan, 1745 nafari doimiy ishlarga, 891 nafari kasb-hunarga o‘qitish orqali bandligi ta’minlangandi, 1218 nafari jamoat ishlariga jalb etildi, 221 nafariga subsidiya asosida asbob-uskunalar olishi xisobiga hamda 241 nafari  o‘zini-o‘zi band qilish orqali  bandligini ta’minlangan va 86 nafar yakka tartibdagi tadbirkorlik xamda 806 nafar ayollarga jami 19 mlrd 700 mln. sumlik imtiyozli kreditlar  ajratildi.

Xozirda, tumandagi barcha mahallalarda jami 30 yoshdan oshgan 70 338 nafar xotin-qizlar maxalla xotin-qizlar faollari tomonidan xatlovdan o‘tkazilib 4-bosqich “Ayollar daftari”ga kiritish uchun 7943 nafar xotin qizlar  ro‘yxatlari shakllantirilmoqda.

 

  • Qishloq xo‘jaligi bo‘yicha:

 

 

Chust tumanida 2022 yil hosili uchun 10050 gektar maydonga boshoqli g‘alla ekinlari ekilib, shundan 23655 tonna shartnomaviy reja 23809 tonna tovar don, 846 tonna urug‘lik don sotish rejalashtirilgan bo‘lib, amalda 23515 tonna tovar don, 864 tonna urug‘lik don jami 24379 tonna (o‘tgan yil reja 10050 gektarga 23507 tonna, amalda 24259,6 tonna 103,2 foiz, 2021 yilga nisbatan  119,4 tonna ko‘p) don sotilib, shartnomaviy reja 103 foizga bajarildi.

Joriy yil tumanimizda 4004 gektar maydonga paxta ekilib, har gektar maydondan 34,0 sentnerdan jami 13612 tonna paxta yetishtirish rejalashtirildi. Amalda 226 nafar fermer xo‘jaliklari tomonidan yil yakuniga ko‘ra har gektar maydondan 36,5 sentnerdan jami 14418 tonna, yoki shartnomaviy rejaga nisbatan 106,0 foiz (o‘tgan yil reja 4004 gektarga 12366,5 tonna, amalda 12784 tonna 103,3 foiz, 2021 yilga nisbatan  1634 tonna ko‘p) miqdorida paxta xom ashyosi yetishtirildi.

Tuman bo‘yicha pillakorlarga 3350 quti ipak qurti tarqatilib, rejadagi 191,4 tonna (o‘tgan yil reja 178 tonna amalda amalda 178,6 tonna, 100,4 foiz, 2021 yilga nisbatan 13,5 tonna ko‘p)  pilla sotilib reja ortig‘i bilan uddalandi. O‘rtacha bir quti ipak qurtidan 58 kg dan pilla xom-ashyosi olindi.

Bundan tashqari170,0 ming tonna meva-sabzavot,  18,5 ming tonna go‘sht va sut mahsulotlari hamda 30,0 mln. dona tuxum yetishtirildi.

Bu yilgi yetishtirilgan paxta xom ashyosini o‘tgan yilga solishtirganimizda, yetishtirilgan paxta 1588 tonnaga, o‘rtacha hosildorlik 4,0 sentnerga oshganini ko‘rishimiz mumkin.

Yuqoridagi natijalarga erishishda qishloq xo‘jaligi texnikalari yangilanganligi, jumladan 2022 yilda 3,5 mlrd. so‘mlik jami 12 dona texnikalar sotib olingandi.

         2023 yilda xam qishloq xo‘jaligi texnikalari yangilash maqsadida 132 mlrd.so‘mlik 388 dona texnikalar olib kelish rejalashtirilmoqda.

Bugungi kunda yer-suv resurslaridan oqilona foydalanish, qishloq xo‘jaligi sub’ektlari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarda bozor tamoyillarini, fan va texnikaning ilg‘or yutuqlarini jadal joriy etish, eksportbop mahsulotlar yetishtirish orqali dehqonlar daromadini ko‘paytirish borasida olib borayotgan tizimli islohotlar o‘z samarasini bermoqda.

Joriy yilda jami 747,0 gektar maydonda suv tejovchi sug‘orish texnologiyalari joriy qilindi, jumladan paxta maydonlarining 372,0 gektarida tomchilatib, 317,0 gektarda yomg‘irlatib va 58,0 gektarda Diskret usulda sug‘orish texnologiyalari joriy qilindi.

2023 yilda 195,0 gektar maydonda tomchilatib sug‘orish texnologiyasini joriy qilish, 800,0 gektar maydonda lazerli tekislash usulida yer tekislash rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, Hurmatli Prezidentimizning 2020 yil 11 maydagi qaroriga asosan tumanimizda 2020-2022 yillarda 5.1 ming gektar yerlarni o‘zlashtirish belgilangan bo‘lib, shundan 2022 yilda 265,0 gektardan ziyod yerlar o‘zlashtirildi.

Chust tumani mamlakatimizda qishloq xo‘jaligi sohasida o‘z tajribasi, salohiyatiga ega bo‘lgan hududlardan biri hisoblanadi.

Tajribali fermerlarimiz, ustoz maqomiga erishgan mirishkor dehqonlarimizdan «Nabi Sobir», «Oqsuv Olmos», «Xabibjon Ziyaev», «Sharif Xalil», «Munchoqtepa-1», «Abduraxmon Chavandoz» kabi fermer xo‘jaliklari tumanimizdan paxta va g‘alla xirmoniga щzlarining munosib xissalarini ko‘shishdi.

 

  • Innovatsiya masalalari bo‘yicha:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yildagi Namangan viloyatiga tashriflari davomida Chust tumanini innovatsion hududga aylantirish bo‘yicha berilgan topshiriqa asosan, innovatsion chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi.

Tumanda 2022 yil yauni bilan jami 25 ta innovatsion loyixalarga 27,4 mlrd. so‘m shundan vazirlik xisobidan 18,4 mlrd so‘m ajratilib 356  ta yangi ish o‘rni yaratilishi rejalashtirilgan.

Loyiha turi

Loyihalar soni

Umumiy summasi

Vazirlik mablag‘i

O‘z mablag‘i

Ish o‘rinlari

 

25

28,1

18,4

9652,6

356

Tijoratlashtirish

17

21 986,5

13 080,9

8 905,7

102

Startap

3

2 524,2

1 777,4

746,9

33

Innovatsion

2

1 150,0

1 150,0

 

204

Amaliy

3

2 432,0

2 432,0

 

17

Shundan 12 ta qishloq xo‘jaligi (9,2 mlrd so‘m),

- 8 ta sanoat (14,9 mlrd so‘m),

- 4 ta xizmat ko‘rsatish (3,4 mlrd so‘m)

- 1 ta boshqa yo‘nalishda (400 mln so‘m, 200 nafar yoshlarga 2,0 mln.so‘mdan pul mablag‘i ajratildi).

2022 yil yakuni bilan 24 ta loyixalar to‘liq amalga oshirilib jami 348 ta ish o‘rinlari yaratildi.

1 ta “CHUST SANOAT DPK” MChJ tomonidan mahalliy xom ashyo asosidagi polivinilxlorid (PVX) va sanoat korxonalarining texnogen kultosh chiqindilaridan zolopolimer kompozit plitalar ishlab chiqarish loyixa boshqa viloyatda amalga oshirilganligi sababli tumanda amalga oshirilmadi.

Jumladan:

- “Tuproq klinikasi” innovatsion mobil laboratoriyasi 844,0 mln.so‘m

- Goji (dereza) dorivor o‘simligini yetishtirish, texnologiyasi 760,0 mln.so‘m. Damobod, Baymoq, Tinchlik, Yuqori, G‘ovasoy soxili  MFYdagi 140 ta xonadaonlarga jami 1400 tup, “Xayitgul Noila Maldabibi” f/xga 1000 tup beriladi. (1 tupdan o‘rtacha 13 kg olinadi. 13*10=130  quritilgan 25 % qoladi. 32*200 000 =6 400 000 daromad.)                                

- “Xikol” va “Xiplyus” “xonadonbay” usulda ko‘paytirish uchun 1,3 mlrd.so‘m Xisorak, Qiziltepa, Navro‘z, Do‘stlik va Zarafshon MFYlaridagi “Temir daftar” va “Ayollar daftari” ga kiritilgan 40 ta oilalarga 10 boshdan jami 400 bosh zotli quyonlar tarqatildi.

1 ta xonadon misolida: 10 ta quyon 3 oyda ko‘payishi xisobiga 80 ta boshga yetadi, xar biri o‘rtacha 3.7 kg dan go‘sht beradi. 80 (ta)*3.7 kg=300 kg (go‘sht), 300 kg*25 000 so‘m = 7 500 000 so‘m. 7 500 000-1 200 000 (ozuqa xarajati) =6 300 000 so‘m sof daromad. Xar bir xonadon bir oyga o‘rtacha 2 100 000 so‘m sof daromad olinadi. 

- 2 ta gidronaporsiz ishlaydigan mikroGES. Xisorak MFYga foydalanish uchun o‘rnatilib ishga tushirildi, xozirda 3-5 kv tok ishlab chiqib MFYning ko‘cha qismidagi 500 metr joyini yoritishda foydalanilmoqda

- “Onkologik” kasalliklarni diagnoz qilish sikring markazi 907 mln.so‘m.

- Chust shahrini Wi-Fi Hotspot dasturi asosida bepul internet bilan taminlash 500 mln.so‘m

- yeryong‘oq hosilini yig‘ishtirish mashinasi  750 mln.so‘m

- Fermer xo‘jaliklari uchun kartoshka kovlagich 495 mln.so‘m

- keng qamrovli chizel-kultivator 380,0 mln.so‘m

- mayda urug‘li sabzavot ekinlari ekish mashinasi 487,0 mln.so‘m

- kovul (kavar) dorivor o‘simligini yetishtirish, qayta ishlash texnologiyasini yaratish uchun 273,0 mln.so‘m  

- tolaning sifatini yaxshilash paxta separatori yaratildi 344,0 mln.so‘m

- mikroorganizmlar asosida organo-mineral o‘g‘itlar olish 788,0 mln so‘m

- "Har bir yoshga bir gektar" loyihasi doirasida 200 nafar yoshlarga 2,0 mln so‘mdan tarqatildi. (jami 400 mln so‘m)

- Adirlik va tog‘li yo‘llarga Baggi sport avtomobili 76 mln.so‘m

Chust brendi ostida baliq go‘shtini qayta ishlash (178,0 mln so‘m)

Innovatsion (oflayn) kutubxona (Q-box) 8 ta maktab

Yer yong‘oq xomashyosini innovatsion qayta ishlash, yuqori qo‘shilgan qiymatli eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish 1529 mln.so‘m

Porloq paxta navi chiqindilardan “Chust brendi” yaratish 1138 mln.so‘m

- Tumanidagi 2021 yilda 209 ga, 2022 yil 338 ga “Porloq-4” ekildi

- Zanjirli treylerli universal bog‘ traktori yasaldi 1349 mln.so‘m

-Innovatsion maktabga 535 mln.so‘m pul mablag‘lari Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan ajratilib loyixalar amaliyotga tadbiq etildi.

Tumanni 2022-2026 yillarda innovatsion rivojlanish tizimini tashkil etish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish maqsadida 14 bandan iborat tuman “KONSEPSIYaSI” ishlab chiqildi.

Bunda, tumandagi bozor talablariga muvofiq yangi mahsulotlar ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan asosiy xom ashyo manbalari ya’ni, qishloq xo‘jaligi, aniqlanmagan yangi konlar, mineral xom ashyo resurslarini o‘rganish hamda foydali qazilmalar konlarini aniqlash orqali qurilish materiallari xom ashyolari va boshqa turdagi xom ashyo manbalari yetarliligi hamda iqtisodiyotining ustuvor tarmoqlarida yirik investitsion loyihalarni amalga oshirish rejalari mavjudligi tumanning innovatsion rivojlanishiga asos bo‘ladigan imkoniyatlar va omillar sifatida qabul qilib olindi.

2023 yilda 21 ta innovatsion loyixalarga jami 301,2 mlrd. so‘m shundan vazirlik xisobidan 16,3 mlrd so‘m tarmoq korxonalari xisobidan 6,5 mlrd so‘m, tadbirkorlarning o‘z mablag‘lari xisobidan 271,0 mlrd so‘m sarflanishi xisobiga 418  ta yangi ish o‘rni yaratish xamda 10 turdagi innovatsion mahsulotlar ishlab chiqarishni o‘z oldimizga maqsad qilib oldik.

Bundan tashqari tumanni innovatsion saloxiyatini yanada oshirish maqsadida mahalliy budjet mablag‘lari xisobidan loyixalar amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Jumladan:

- Oliy ta’lim fan va Innovatsilar vazirligi, tuman hokimligi va “Oxangaron innovatsion xudud xunarmandlari” MChJ bilan xamkorlikda tumanning Tepaqo‘rg‘on xududida 1,2 mlrd so‘m mablag‘lar sarflanishi xisobiga 1-bosqichda 200 ta ishsiz ayollarga savat to‘qish xunarlarini o‘rgatish yo‘lga qo‘yilmoqda. Bunda oilaga to‘qilgan 1 dona savat uchun 10 ming so‘mdan to‘lanadi 1 ta oilada 3 ta fuqaro 30 dona savat to‘qisa kuniga 300 ming so‘m 1 oyda 9,0 mln so‘m daromadga erishadi.

- “SIBERIAN WELLNESS - NAMANGAN” MChJ  x/k tomonidan 22,0 mln dollarlik innovatsion “pektin” (olma kukuni) ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi. Korxona tomonidan tashkil etilgan Organo bog‘da innovatsion ko‘chatchilik labaratoriyasi tashkil etiladi, import qilinayotgan tez pishar va erta xosil beruvchi ko‘chatlar mahalliylashtiriladi.

- “Chust O‘rikzor” FX tomonidan 7 gektar yer maydonida issiqxona tashkil etish xisobiga innovatsion gidroponika usulida mosh yetishtirish, 1,4 mlrd so‘m bo‘lgan “invitro” innovatsion ko‘chatchilik-urug‘chilik labaratoriyasi hamda 2,0 mln dollar sarflanishi xisobiga moshni qayta ishlash orqali (mosh kraxmali) olish yo‘lga qo‘yiladi.

- Tumanda innovatsion qishloq xo‘jaligi texnikalarini jamlagan xolda “Chust innovatsion PRO” MChJ qoshida kichik (MTP) mashina triktor parki tashkil etiladi.

Tumanda tashkil etilayotgan “Yangi O‘zbekiston” massiviga mahalliy budjet mablag‘laridan 2,5 mlrd.so‘m sarflanishi xisobiga innovatsion “Aqilli shaxarcha”ga aylantirish yo‘lga qo‘yiladi. (Bunda 640 o‘rinli 1 ta maktab, 360 o‘rinli 1 bog‘cha, 50 qatnovlik poliklenika quyosh panellari o‘rnatilib, raqamlashtiriladi) 50 ta 960 xonadonlik ko‘p qavatli uy joylarda aqilli uylar tashkil etiladi, 3 km aqilli yo‘laklar, xudud Wi-Fi Hotspot bepul internet bilan ta’minlanadi, xavfsiz xudud dasturiga asosan kameralashtiriladi, aqilli bekat tashkil etiladi.

- Tumanning Axcha xududida qir-adirlik yer maydonlarida kamida soatiga 500 KVlik “shamol generatori” asosida tok ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda.

- Tumanning G‘alaba va G‘ova xududlaridagi aniqlanmagan yangi konlar, mineral xom ashyo resurslarini o‘rganish hamda foydali qazilma konlarini aniqlash orqali innovatsion qurilish meteriallari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish. Mis va oltin zaxiralari to‘g‘risida aniq va to‘liq mulumotlarni jamlash orqali tadbirkorlarni jalb etish.

- Tumandagi umumiy suv sig‘imi 300 mln kub bo‘lgan “Rezaksoy” suv omboridan chiqadigan suv yo‘liga “gidro energiya” generator qurilmalarini o‘rnatish orqali aholiga elektr energiyasi yetkazib berish ko‘zda tutilgan.