Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov Chust tumanidagi o‘rganishlarini markazdagi asosiy ko‘chalarda olib borilayotgan bunyodkorlik ishlarini o‘rganish bilan davom ettirdi.
Chust tumanida “Jahon banki” mablag‘lari hisobidan markazdagi Charog‘on hamda Chustiy ko‘chalarini to‘la ta'mirlanishi rejalashtirilgan.
Loyiha doirasida avtomobil' yo‘li qoplamasini ta'mirlash, yo‘l chetiga lotoklar o‘rnatish, piyodalar yo‘lakchasini qurish va yo‘l belgilarini joylashtirish ishlarini bajarish uchun xalqaro tender savdolari natijasiga ko‘ra: “SINOINDUSTRIAL TASHKENT” MChJ bilan pudrat shartnomalari tuzilib, dalolatnoma asosida MChJ tasarrufiga o‘tkazib berilgan.
Viloyat rahbari mazkur qurilish loyihasi bilan batafsil tanishib, transportlar tirbandligini oldini olish, piyodalarga o‘tish joylarini tashkil etish kabi masalalar bo‘yicha topshiriq va ko‘rsatmalar berdi.
Xabaringiz bor, Davlatimiz rahbari topshirig‘iga asosan "Obod xonadon, obod ko‘cha, obod mahalla" mezonlarini joriy qilish, mahallaning infratuzilmasini yaxshilash borasida keng ko‘lamdagi amaliy ishlar olib borilmoqda.
Chust tumanidagi "Mustaqillik" mahallasi dasturga tushgan bo‘lib, dastur ijrosini ta'minlash maqsadida ishlar boshlangan.
Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov mazkur mahallada ham bo‘ldi.
Shu yerda dastur doirasida bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalar yuzasidan mas'ullarga topshiriqlar berildi.
Chust tuman hokimi tomonidan 1-sektor hududidagi Pilol mahalla yoshlari va fuqarolari qabuli o‘tkazildi.
Qabulda tuman hokimi, hududdagi mahalla yettiligi, korxona, tashkilot rahbarlari va mahallaning 20 nafardan ortiq yoshlar va fuqarolar ishtirok etishdi.
Ochiq muloqotda fuqarolar davolanish, suyultirilgan gaz balon, yo‘l, ish bilan ta'minlash, shag‘allashtirish, uy-joy, tibbiy-ijtimoiy yordam va boshqa o‘zlarini qiynayotgan masalalar bo‘yicha murojaat qilishdi.
Barcha murojaatlar tegishli tartibda ro‘yxatga olindi, 12 nafar fuqarolarning murojaatlari joyida hal etildi, ayrim murojaatlar huquqiy maslahat va tushunchalar bilan qoniqtirildi. Muddat talab etiluvchi murojaatlar esa hal etish uchun tegishli mutasaddilarga biriktirilib, nazoratga olindi.
Oʼzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati, Yoshlar ishlari agentligi, sport vazirligi, mahallalar uyushmasi hamkorligida yoshlar oʼrtasida sportni ommalashtirish, sogʼlom turmush tarzini targʼib qilish, shuningdek, ular orasidan iqtidorlarni aniqlash va qoʼllab-quvatlash maqsadida har yili futbol va mini-futbol boʼyicha DXX raisi kubogi musobaqalari oʼtkazib kelinmoqda.
Bugun Chust tumanida "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasidagi mazkur anʼanaviy musobaqaning bu yilgi mavsumiga start berildi.
Unda 18 yoshdan 30 yoshgacha boʼlgan oʼgʼil bolalar futbol va mini-futbol, qizlar esa mini-futbol boʼyicha bellashadilar.
Ochilish marosimida sektor rahbarlari, sport maktabi, mahallalardagi yoshlar yetakchilari ishtirok etishdi.
Soʼzga chiqqanlar sport sohasidagi islohotlar, yoshlarga yaratib berilayotgan imkoniyatlar haqida toʼxtalib, ishtirokchilarga omad tilashdi.




























