"Tuman kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi, tuman Qishloq xo‘jaligi bo‘limi, tuman Agro bank hamda “Hunarmand” uyushmasining tuman bo‘limi bilan hamkorlikda tumandagi 2793 nafar yoshlarning bandligini ta'minlash maqsadida fuqarobay yo‘l xaritalari shakllantirilib, 1006 nafar ishsiz va 1787 nafar joriy yilda ta'lim muassasalarini tamomlagan bitiruvchilar (shundan professional hamda oliy ta'lim ta'lim muassasalari bitiruvchilari) bandligini ta'minlash bo‘yicha aniq rejalar belgilab olingan.

Ushbu dasturga asosan bugungi kunda 2633 nafar yoshlar bandligi ta'minlanib dastur 94,0% ga bajarilgan.

Maktab bitiruvchilari jami 2659 nafar bo‘lib, ularni oliy ta'limga 920 nafari qabul qilindi. 445 nafari Profissional ta'limga o‘qishga qabul qilinishi rejalashtirilgan.

Bandligi ta'minlanmagan va ta'lim bilan qamrab olinmagan 1294 nafar bitiruvchilarni bandligini ta'minlash bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqildi. Natijada hisobot davriga qadar 1294 nafar (100 %) (08.11.2023 yil holatiga) bandligi ta'minlandi.

Tahlillarga ko‘ra, hozirda “Yoshlar daftari” elektron platformasida mavjud 56 nafar yoshlarning 4 nafari to‘lov-konraktini to‘lab berilishi masalasida, 14 nafari Asbob-uskunalar va mehnat qurollari uchun subsidiya ajratish masalasida, 1 nafari davlonanish xarajatlarini to‘lab berilishi bo‘yicha, 31 nafari zamonaviy kasblarga o‘qitish bo‘yicha, 6 nafari boshqa turli ijtimoiy-iqtisodiy muammolari bo‘yicha murojaat qilgan yoshlar hisoblanadi.

Yuqorida keltirilgan 56 nafar yoshlarning ijtimoiy-iqtisodiy muammosini hal etish, ularga moddiy ko‘mak berish uchun 170 mln.so‘m mablag‘ga ehtiyoj mavjud"~deydi, Chust tumani Kambag‘allikni qisqartirish va Bandlikka ko‘maklashish markazi direktori Yuldoshev Bobur Sobiralievich.

Ochiq muloqot shaklida o‘tkazilgan suhbat davomida  ishtirokchilarga 2024 yil davomida amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar bo‘yicha ham ma'lumotga ega bo‘lishdi.