Bugun 23.02.2024 yil kuni tuman hokimi B. Salimjonov, tuman sektori rahbarlari va tuman kengashi deputatlari tashabbuslari bilan "Sahovat va ko‘mak" jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan, tuman Obodonlashtirish boshqarmasi 73 nafar ishchilariga oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi.

Tuman prokurori X. Xakimov, tuman IIB boshlig‘i M.Dadajanov, tuman deputatlar kengashi kotibiyat mudiri S. Axatjonovlar so‘zga chiqib, yurtimiz obodonlashtirilishiga qo‘shayotgan munosib hissalari uchun, shuningdek bahor fasli yaqinlashayotganligi, "8- mart Xalqaro xotin-qizlar bayrami" munosabati bilan tabriklab, har bir ishchilarga minnatdorchiliklar bildirildi.