Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent viloyat boshqarmasi tomonidan IIB va gaz ta’minoti bo‘limi xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda Zangiota tumanida yashovchi A.N. va E.Yu. o‘z uylarida tashkil qilgan issiqxonani o‘g‘irlik yo‘li bilan o‘rta bosimli gaz quvuriga rezina shlang yordamida o‘zboshimchalik bilan ulab olishib, jami 351,6 mln so‘mlik tabiiy gazni o‘g‘irlaganliklari aniqlangan.

 Shu kabi, Departamentning Chust tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “Ch.B.” xususiy korxonasiga qarashli choyxona tuman gaz ta’minoti bo‘limi tomonidan tarmoqdan uzilgan bo‘lsada, korxona rahbari J.A. gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan qayta ulanib, 97 mln so‘mlik tabiiy gazdan o‘g‘irlik yo‘li bilan foydalanganligi aniqlangan.

 Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.