O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoev boshchiligida
2023-yil 22-dekabr kuni o‘tkazilgan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat Kengashi yig‘ilishida bergan topshiriqlari ijrosi mahallalarida “Yangi hayot uchun- Yangi O‘zbekiston uchun!”shiori ostida “Mahallada duv-duv gap” ma’naviy-ma’rifiy va madaniy-musiqiy tadbirlar o‘tkazilmoqda.
Ayni shu maqsadda 9-yanvar kuni Chust tumani G‘ova qishlog‘idagi “Tinchlik, Yuqori, Yangi hayot, G‘ovasoy sohili kabi MFYlarda“ Yangi hayot uchun- Yangi O‘zbekiston uchun!” shiori ostida “Mahallada duv-duv gap”ma’naviy-ma’rifiy tadbirlari o‘tkazildi. Unda ma’naviyat fidoyilari, madaniyat xodimlari shoirlar, va yoshlar ishtirok etishdi.
Yangi O‘zbekistonni bunyod etish yo‘lida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohatlar hamda erishilayotgan yutuqlarni xalqimizga aniq, hayotiy misollar va dalillar orqali sodda va tushunarli shakllarda yetkazish, aholini kayfiyatini ko‘tarish va dahldorligini oshirishdan iboratdir.
Chust tumanidagi barcha 72 ta mahallalarida ushbu tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda.





