Viloyatimiz bo‘ylab o‘tkazilayotgan “Cyber week” tadbiri doirasida Chust tumani hokimligi majlislar zalida hamkor tashkilotlar xodimlari ishtirokida targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida global va ijtimoiy tarmoqlarda sodir etilayotgan jinoyatlar, kiberjinoyatlarni aniqlash, oldini olish va fosh etish borasida qilinayotgan ishlar yuzasidan ma’lumotlar berildi. Ushbu turdagi jinoyatlarni fosh etishdan ko‘ra oldini olish, "shaxsiy xavfsizlik qoidalari” haqida muhim tavsiyalar berib o‘tildi.





