Keksa avlod vakillarini qadrlash, ularga ehtirom ko‘rsatish xalqimizning azaliy qadriyatlaridan. Bugun Chust tuman hokimi Bekzod Xamdamov va tuman prokurori Xusniddin Hakimovlar Bibi ona ziyoratgoxida tumanimizdagi eng faol, eng ilg‘or keksa avlod vakillari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

 

Uchrashuvda katta avlod vakillari tajribalarini barcha jabhalarga joriy qilish, shuningdek, qishloq xo‘jaligi sohasida ularning maslahatlaridan foydalangan holda hosildorlikni oshirib, xalqimiz risq - u nasibasini but qilishdek ulkan hissalarini qo‘shishga yordam berish bo‘yicha fikr almashildi. Shu bilan birgalikda boshlangan g‘alla mavsumini mo‘l hosil keltirilishini tilab qurbonlik so‘yilib, ehson dasturxoni tuzaldi.

 

Aziz otaxonlarimiz bilan bo‘lib o‘tgan samimiy uchrashuv ularni kuchlariga kuch, g‘ayratlariga g‘ayrat qo‘shdi, desak mubolag‘a qilmagan bo‘lamiz.