Elchi Chust tuman hokimining birinchi o‘rinbosari Davronbek Abdullaev boshchiligida "Chust textile" korxonasiga tashrif buyurishdi.

Yengil sanoat sohasida mamlakatimizda eng ilg‘orlar safidan o‘rin egallagan "Chust textile" korxonasi faoliyati bilan tanishish davomida ushbu korxonada ishlab chiqarilgan maxsulotlarini qo‘shni Qozog‘iston bozorlariga ham targ‘ib qilish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, mehmonga ushbu korxonada kelgusida ishlab chiqarish quvvatini oshirish bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlar bo‘yicha ma’lumotlar berildi.

Amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar, olib kelingan yangi texnologik uskunalar va innovatsion g‘oyalar mehmonlarda katta taassurot qoldirdi.