#Tayinlov

 Abdullaev Davronbek G‘aybullaevich Chust tuman hokimining moliya - iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari - tuman iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Abdullaev Davronbek G‘aybullaevich 1986 yilda Chust tuman Baymoq qishlog‘ida tug‘ilgan. 2008 yilda Namangan Davlat Universitetini, 2014 yilda Namangan muhandislik - pedagogika institutini tamomlagan. Mutaxassisligi Iqtisodchi - menedjer.

 Faoliyatini Chust tumanidagi "Davronbek G‘aybullo" fermer xo‘jaligi ish yurituvchisi, Chust tuman hokimligining favqulodda vaziyatlar va fuqaro muhofazasi bo‘yicha yetakchi mutaxassis, Mingbuloq tuman hokimining yordamchisi va Namangan viloyat hokimligida yetakchi va bosh mutaxassis lavozimlarda faoliyat yuritgan.

 Tayinlovga qadar Mingbuloq tuman hokimining moliya - iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari - tuman iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bo‘limi boshlig‘i vazifasida ishlab kelayotgan edi.