Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2022- yilning yanvar-mart oylarida Namangan viloyati bo‘yicha yalpi hududiy mahsulot hajmi 6 trln. 371,1 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2021- yilning yanvar-mart oylari bilan taqqoslaganda 6,2 % ga o‘sdi.

📌Dastlabki uch oyi yakunlari boʼyicha asosiy kapitalga yoʼnaltirilgan investitsiyalar 18,5 %ga oshdi.

📌Tashqi savdo aylanmasi 37,1 %ga oshib, 300,5 million dollarni tashkil etdi.

📌Sanoat ishlab chiqarishning fizik hajm indeksi 8,5% ga oshdi.

📌Bozor xizmatlarining ko‘rsatish hajmi 14,2%ga oshdi.

📌Eksport hajmi 42,3 %ga oshib, 127,8 million dollarni, import 33,5%ga oshib, 172,7 million dollarni tashkil qildi.