O‘zbekistonga hafta boshlarida nam va sovuq havo oqimi respublikaning katta hududlariga yog‘ingarchiliklar olib keladi(yomg‘ir-qor). Joylarda havo harorati biroz pasayadi. Xususan, 14 dekabar kuni shimol hududlarida havo harorati minimumlari -12 darajaga pasayshi mumkin. Boshqa hududlarda - 3 daraja sovuqgacha pasayish kuzatiladi.
15 dekabrdan boshlab, hafta o‘rtalariga qadar sovuq qutbiy antitsiklon chekka qismi ta’sirida respublika hududlarida havo harorati shu kunga xos iqlimiy me’yordan 4-6 darajaga past bo‘ladi. 15 dekabr ayrim hududlarda yog‘ingarchilik saqlanadi. 16-17 dekabrda esa yog‘insiz ob-havo kutiladi.
Hafta oxiriga borib, antitsiklon chekka qismi mamalakatimizni tark etadi va asta sekin kunlar iliy boshlaydi. Janub va voha viloyatlarida janubi-g‘arbdan kirib kelishi kutilayotgan iliq havo to‘lqini hisobiga, dam olish kunlari havo harorati maksimumlari +18 darajaga yuqorilashi mumkin.





