Bugun 26-noyabr kuni Varzik Madaniyat markazida, Jahon adabiyotiga munosib hissa qo'shgan Tijikiston xalq yozuvchisi, Ro'dakiy nomli Tojikiston Davlat mukofoti sohibi, buyuk yozuvchi, tarjimon, drammaturg va adabiyotshunos olim, Varzikning asl farzandi SOTIM ULUG'ZODA tavalludinig 110 yilligi munosabati bilan "FARZANDI SAZOVORI MILLAT" nomli Respublika va viloyat tojik milliy madaniy markazlari va Ijodiy madaniy masalalar bo'yicha targ'ibotchilar hamkorligida madaniy- ma'rifiy tadbir o'tkazildi. Tadbirimizga poytaxtimiz hamda Tojikiston Respublikasidan va Respublikamizning turli viloyatlaridan mehmonlar tashrif buyurishdi. Tadbirda Tojikiston Respublikasining O'zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi: Rahmonzoda Abdujabbor Aziziy, Tojikiston Respublikasi Asht tumani hokimi: Mirdodo Zarif Muhammadiy, Respublika tojik milliy madaniy markazi raisi: Subxanova Gulandom Subxanovna,Respublika tojik milliy madaniy markazi Farg'ona viloyati bo'limi raisi: O'zbekiston jurnalistlari ijodiy uyushmasi a'zosi, shoir Mas'ud Mirzo, Chust tumani hokimi: Hamdamov Bekzodjon Hamdamov,, O'zbekiston yozuvchilar ijodiy uyushmasi viloyat bo'limi raisi Ziyovuddin Mansur so'zga chiqishdi. 19-DIMIning IMMBT SH. Mamadjonova





