16 oktabr  kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo’yicha 5 ta muhim tashabbusning “Yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratishga yo’naltirilgan” 2-tashabbusining ijrosi hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 30  oktyabrdagi “Sog’lom turmush tarzini keng tadbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari” to’g’risidagi PF-6099- son farmoni ijrosi yuzasidan  Chust tuman 2-son kasb-hunar maktabi o’quvchilari ishtirokida “Sog’lom tanda sog’ aql” shiori ostida o`quvchilar o`rtasida 100 metrga yugurish musobaqasi bo`lib o`tdi.