Хabaringiz bor, joriy yil Yaponiyaning Tokio shahrida bo‘lib o‘tgan Paralimpiya o‘yinlarida Nozimaxon Qayumova oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Ayollar o‘rtasida para yengil atletikaning nayza uloqtirish turida F13 klassida hamyurtimiz Nozimaxon Qayumova oltin medalni qo‘lga kiritdi.Tajribali sportchimiz 42.59 metr natija bilan birinchi bo‘ldi.
Bugun Chust tuman "Mavlono Lutfulloh" nomidagi madaniyat va istirohat bog‘ida chempionni kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda tuman hokimi Bekzod Hamdamov, sektor rahbarlari, sport ustalari ishtirok ketishdi.
-Men barcha muvaffaqiyatlar zamirida tinimsiz mehnat yotishini yana bir bor guvohi bo‘ldim. O‘z ustimda ishlashimda esa ustozlarim sababchi.Ularga cheksiz minnatdorlik bildiraman,- deydi Nozima Qayumova.
Eslatib o‘tamiz, Nozimaxon Qayumova Rio-2016 yozgi Paralimpiya o‘yinlarida ham oltin medalni qo‘lga kiritgan edi.





