Chust tumani G'ova qishlog'ida 7-chegara posti ochilish marosimi.

Chust tumani G'ova qishlog'i yuqori MFY da O'zbekiston Respublikasi DXX chegara qo'shinlari 9250 harbiy qismi 7-chegara posti va maxsus qidiruv razvetka vzvodi harbiy hizmatchilari uchun 12 ta oilaga "OAZIS MAKS" qurulish tashkiloti tomonidan Ozbekiston Respublikasi 28 yillik bayram munosabati bilan Harbiy hizmatchi va ularning oila a'zolari uchun qurib bitkazildi. Tadbirda tuman hokimi B.Oxunov so'zga chiqib, barchani kirib kelayotgan mustaqillik bayrami bilan tabriklab, yurtimizda olib borilayotgan islohotlar, harbiy hizmatchilar uchun yaratilayotgan sharoitlar haqida so'z yuritdi. Tadbir davomida bir qator harbiy xizmatchilarga davlat mukofotlari topshirildi. Xususan, O'zbekiston Respublikasi DXX chegara qo'shinlari "Sharq" mintaqaviy shtab boshlig'i polkovnik Holnazarov Il'dar Komilovichga, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev 2019-yil 28-avgust kundagi qaroriga asosan "Mardlik" ordeni tantanali topshirildi. Tadbir yuqori saviya va ko'tarinki ruhda o'tdi.

Telegram kanalimiz

 

Manzil

161100, Chust shahri

Tel: (0-369) 42-33-741, 42-33-600

E-mail: chusttumhok@umail.uz

 

E'lonlar va tanlovlar

      Fotogalereya

      • IMG_20190904_210002_005.jpg