×

Внимание

Folder doesn't exist or doesn't contain any images

Umumiy ma'lumot

   Chust tumani rel’yefi asosan tekisligida yastangan bo’lib, uning markazi Chust shaxri xisoblanadi. Chust markazi Namangan shaxridan garb tomonda, 36-Chust temir yo’l stantsiyasidan 13 km shimolda joylashgan. Tumannning geografik o’rni qulay bo’lganligi uchun o’tmishda Buyuk ipak yo’li o’tgan bo’lsa, xozirda Fargona vodiysini shaxar va qishloqlarini boglovchi Avtomagistral o’tgan. Chust tumani shimol va shimoliy garbdan Tiyon-shon, ya’ni Chotqol togi bilan, garbdan Pop adirliklari bilan, janubdan Sirdaryo daryosi bilan, sharq tomondan To’raqo’rgon tumani bilan chegaralangan. Relyefi pastu-balandliklardan iborat, dengiz satxidan 1000-1200 metr balandlikda joylashgan, iqlimi salqin.

   Chust tumani (qadimiy nomi Tuss) Chust-Olmos-Varzik tog’ oldi tekisligida joylashgan bo’lib, uning markazi  Chust shahri xisoblanadi. Tumanning markazi Namangan viloyati markazidan g’arb tomonda № 36 - Chust temir yo’l stantsiyasidan 13 km shimolda ya’ni shimol va shimoliy g’arbdan Tiyon-shon (Chotqol) tog’ tizmasi bilan, g’arbdan Pop adirliklari bilan, janubdan Sirdaryo daryosi bilan, sharq tomondan To’raqo’rg’on tumani bilan chegaralangan bo’lib, rel’yefi pastu-balandliklardan iborat. Dengiz satxidan 1120 metr balandlikda joylashgan, iqlimi salqin. Tumanni Farg’ona vodiysining shahar va tumanlarini bog’lovchi Avtomagistral yo’l kesib o’tgan.

   Chust tumaniga doir dastlabki ilmiy ma’lumotlar taniqli sharqshunos olim akademik A.F.Mindendorfning «Farg’ona vodiysi ocherklari»da uchraydi. Mazkur asarda  «Farg’ona vodiysida sho’r suvli yerlar ko’p bo’lib, Chust-Tussning  nomi ham shu sabab  qo’yilgan»  deb qayd etiladi (ya’ni eramizning 334-yilida).

   Chust tumani xududida O’zbekiston SSR Markaziy ijroiya komitetining  1926 yil 29 sentyabrdagi qaroriga ko’ra «Chust rayoni» deb e’lon qilingan. O’zbekiston SSR markaziy ijroiya komitetining 1930 yil 20 avgustdagi  qarori bilan Pop tumani, O’zbekiston SSR Oliy Sovet Prezidumining 1973 yil 26 dekabrdagi qarori bilan Kosonsoy tumani Chust rayonidan ajralib chiqgan.

   XX asrning oxirlariga kelib, O’zbekiston Respublikasining 1992 yil 4 yanvardagi «Mahalliy hokimiyat idoralarining qayta tashkil etish to’g’risida»gi Qonuniga muvofiq Chust tumani va Chust shahri Kengashlari ijroiya komitetlari tugatilib, «Chust tumani hokimligi» va Chust shahri hokimligi tashkil topdi.  Tumanda Xalq deputatlari Chust tumani va Chust shahri Kengashlari faoliyat ko’rsata boshladi.

   O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 30 sentyabrdagi «Shaharlar va tumanlar hokimliklari apparati tuzilmasini takomillashtirish to’g’risida»gi 459-sonli  qaroriga muvofiq tuman hokimining 1997 yil 27 oktyabrdagi 10/335-sonli qarori bilan Chust tumani  va Chust shahri hokimliklari apparatlari birlashtirildi hamda tumanda Xalq deputatlari Chust tumani Kengashi yangitdan shakllandi va hozirga qadar faoliyat olib bormoqda.

   Bugungi kunda Chust tumaning umumiy yer maydoni 916,7 kv km bo’lib, unda istiqomat qiluvchi umumiy aholi soni 207566 tani tashkil etadi. Chust tumani quyidagicha ma’muriy xududlarga bo’lingan, ya’ni tumanda jami 68 ta mahalla fuqarolar yig’ini mavjud bo’lib, ularning 20 tasi Chust shahrida, qolgan 48 tasi tuman qishloqlari xududidagi 11 ta qishloq fuqarolar yig’inida joylashgan. Tumanda turli millat vakillari istiqomat qiladi. Jumladan ularning 102944 tasi (49,6%) ayol, 104646 tasi (50,4%) erkaklar, 139915 tasi o’zbek (67,4%), 63024 tasi tojik (30,4%) va boshqa millatlar 4654 tasi (2,2%)ni tashkil etadi.

Manzil

161100, Chust shahri

Tel: (0-369) 42-33-741, 42-33-600

E-mail: chusttumhok@umail.uz

 

E'lonlar va tanlovlar