Muqaddas ziyoratgohlar

Haqiqiy oromgoh

    Chustning bog’i, Kamarsada buloqlarining ta’rifu tavsiflari Respublikamizning hamma hududi, hatto qator xorijiy mamlakatlarga ham ketgan. Afg’onistonning qobul shahrida tavallud topgan vatandoshimiz Nasrulloxon to’ra «Otam Sayid Mahmudxon to’ra Chust­ning Kamarsada mahallasida Mavlono Lutfulloh mozorlarining tepasidagi xonadonlardan birida tug’ilganlar, 17 yoshlarida ilm izlab Chustdan chiqib ketib Buxoroda, so’ngra Arabistonda bir necha yil taxsil olib, ilmda komillikka intilib, vatanga qaytish payti kelganida inqilob boshlanib qoladi. Kelish imkoni bo’lmay xorijda qolib ketganlar».

    Umrlarining oxirigacha Chustni qumsab, Mavlono Lutfulloh buloqlaridagi zilol suvlarni ta’riflab, «Bir xo’plam ichsam armonim qolmasdi» deb zorlanib-zorlanib ko’zlariga yosh olganlar. «Senga nasib etsa albatta ko’rasan, mening bu armonimni ushatgin, deb ko’p ta’kidlar edilar» -deydi.

   Yana bir vatandoshimiz kamarsadalik Mahmud qozini o’g’li Abdurashid mahdum Chustiy 1928 yillarda inqilobning zulumidan jon saqlab qolish maqsadida Afg’onis­ton tomonga o’tib ketadi. Uning o’g’li Majid mahsumning aytishicha, hayotining so’nggi damlarida Saudiya Arabistonining Toif shahrida yashab, ona yurti Chustga, uning bog’i-yu Kamarsada buloqlarining suvlariga yetolmay bir olam afsus-nadomat bilan ko’z yumadi.

    Bu mana shunday tabarruk ziyoratgohdir. Tarovatli gulbog’ga davlat va jamoat arbobi Nuriddin Muhiddinov, atoqli yozuvchilar Said Ahmad, Hamid g’ulom, Izzat Sulton kabi ko’plab el sevgan kishilar tashrif buyurishib, uning ko’rki, tarovatiga mahliyo bo’lishgan. Mashhur gazalnavis shoir Chustiy «Tirik jannatga kirganlarni ko’rdim Chust bog’ida» deb ta’riflagan bo’lsa, Belorusiyalik jurnalist uni «Jaziramadagi milliy OAZIS» deb atagan. Hamshahrimiz Mute’uloxon qori «Suvlari dard ahliga bo’lg’ay davo gulbog’i Chust, dilni yorug’ aylagay nuri ziyo gulbog’i Chust» deya tarannum etadi. Chustlik ijodkor Mirzadavlat Yunusov esa «Sayr etsanggiz xub yarashar Chust bog’ida, Gullar chiroyin talashar Chust bogida» deb yozadi.

    Bunday ta’rifu tafsiflarning adog’i yo’q. Yozning jazirama kunlarida shahar markazidan Kamarsada sari yurarkansiz, bu so’lim go’shaga yaqinlashgan saringiz havo haroratining yoqimli bo’lib borayotganini his qilasiz. Oromgohning og’ushida esa tashqaridagidan havo tafti 6-7 daraja salqinligini sezasiz, o’zingizni yengil his etasiz, kayfiyatingiz chog’ bo’ladi. Buning sababi yetti gektarga yaqin joyda salobat to’kib turgan ming tupdan ko’proq manzarali chinor va qayrag’och daraxtlari, buloqlardan oqayotgan suvlar uning havosini mo’’tadillashtirib turadi. Gulbog’imizga qadam qo’yib orom olsangiz, charchog’ingiz tugul tanangizdagi dard ham chiqib ketadi.

 Gulbog’ning qisqacha tarixi     

    Sho’rolar hukumati yangi tashkil topgan yillarda ko’plab ilm aahli quvg’in ostiga olinadi, masjid-u, madrasalar yopib qo’yiladi. Mavlono Lutfullohning masjidlari ham berkitilib, 10-15 yil qarovsiz holga tushib qoladi.

   1930 yillardan keyin sho’ro davlati yoshlar tarbiyasiga alohida e’tibor beradi. O’sha kezlarda Muhammadsharif So’fizoda (komsomol) yoshlar qo’mitasining birinchi kotibi edi. Bundan foydalangan ziyrak ziyoli darhol yuqori idoralarga mazkur maskanni yoshlar ixtiyori-ga berish takl ifi bilan chikadi. U zbekistonning birin-chi xal k shoiri unvonini ol gan, el oldida katta e’tibor-ga sazovor bo’lganligi uchun uning bu talabini rad etishning iloji bulmaydi.

   1932 yilga kelib unga «Komsomol-yoshlar madaniyat va istiroxat bogi» deya nom beriladi. Sufizoda shax,arda-giyoshlarni uyushtirib, hashar tashkil qiladi, bog urnini tekislatib, ut-ulanlardan tozalatib, gullar ekdiradi. Askiyachi xushchakchak yigit Gaydar maxsum Ibragimov choyxonani yurgizib yuborgan bulsa, gul ishkibozi Nur-mat kori Toshmatov uz vazifasini urniga kuyadi. 1935-1936 yillarda obodonlashtirish ishlari yanada kizgin boshlanib ketadi.

    1937 yil esa Sufizoda xalk dushmani sifatida kamokka olinib, otib uldiriladi. U oklangandan keyin 1989 yilda shoir tavalludining 120 yilligi nishonla-nib, bogga uning nomi beriladi va byusti urnatiladi.

    Ikkinchi jaxrn urushi boshlangandan sung bu maskan-dan odamlarning radami uziladi. 1955-1960 yillar orasida yana gulbok.ka e’tibor berish boshlanadi. Uning shimoliy tomoni biroz kengaytirildi, elektr chirokla-ri tushiriladi, x.asharlar uyushtirilib, xudud tartibga keltiriladi. Bu ishlarni yulga kuyishdausha kezlarda ijrok.um raisi bo’lib ishlagan Ruk.iya Obidova, Saodat Rustamova, Ra’noxon Isokovalar xar tomonlama kumak beradilar. Gulbokka direktorlik kilgan tinib-tinchi-mas fidoyi insonlar Muxtorxon Xujaev davrida yangi choyxona-yu oshxonalar ochila-di. Bu yerda madaniy tadbirlar utkaziladigan buladi.

    1958 yillarda urush jaroxatlarini unuta boshlagan kishilarning kayfiyati kutarilib, dillari dam olishni Kumsaydiganlar soni tobora kupaya boshladi.

Chustni  jahonga  tanitgan  maskan

   Chustda stol tennisi sportning eng ommaviy turlaridan biri hisoblanadi. Chustlik qizlarning 7 yoshidanoq onalari va buvilari yonlariga o’tirib do’ppi tikishni o’rganib borishadi. Ana shuni hisobga olinib 1970 yilda Chustlik sport jonkuyarlaridan biri Toshpo’lat Azimov tomonidan sport maktabi tashkil qilinib, futbol, qo’l to’pi va stol tennisi guruhlari tashkil qilindi.

   Bir yildan so’ng mazkur maktab stol tennisiga ixtisoslashtirilib, jamoaning mazkur sport turi bo’yicha erishgan yutuqlari tobora yuksalib bordi. Stol tennisidan har yili tuman «Chust haqiqati» gazetasi sovrini uchun respublika ochiq turniri o’tkazish an’anaga aylanib bordi. Hozirda sport muassasada direktor o’rinbosari bo’lib ishlab kelayotgan Muhammadjon Homidov 1983-1984 yillarda stol tennisidan ikki marta O’zbekiston chempioni bo’ldi.

   So’ngra qizlardan binchi bo’lib Nazira Abdullaeva O’zbekiston chempioni bo’ldi. Keyinchalik ana shunday sharafli O’zbekiston chempioni degan nomga ega bo’lish Karima Inomova, Gulbahor Abdullaeva, Dilfuza va Rahima Sultonovalarga nasib qildi.

  Mazkur sport maskani yutuqlarining tobora yuksalib borishi muhim omil bo’ldi. 60 nafarga yaqin sport ustasi va sport ustaligiga nomzod, mingdan ziyod razryadli sportchilarni tayyorlaganligi, stol tennisi bo’yicha mamlakatda tayanch namuna maktabiga aylantirilganligini inobatga olib, 1995 yilda Davlat sport qo’mitasi buyrug’iga asosan mazkur sport maskaniga «Olimpiya zahiralari bolalar va o’smirlar sport maktabi» maqomi berildi.

  Sportchilar orasidan eng iste’dodlarini saralab olish, Gulbahor Abdullaeva, keyinroq Muhammadjon Homidov, Yunusjon Mamadaliev, Hafiza Homidova, Abdurashid qirg’izboevlar murabbiyligida o’z mahoratini oshirgan Sevara qodira 1996 yilda respublika chempionligini qo’lga kiritib, mamlakat terma jamoasiga qabul qilindi. 1997 yilda saralash o’yinlarida g’olib chiqib, XX asrning Goa shahrida o’tkazilgan Osiyo chempinatida O’zbekiston sharafini himoya qildi. 22 mamlakat vakillari qatnashgan qit’a musobaqasida chempion bo’ldi.  1998 yilda Yaponiyada o’tkazilgan qit’a birinchiligida O’zbekiston terma jamoasini dunyoning 48 ta mamlakatalari o’rtasida o’tkazilgan bahslarda O’zbekistonimiz terma jamoasi 2-o’ringa sazovor bo’ldi. 1999 yilda SHo’etsiyaning Karlsbarg shahrida yoshlar o’rtasida o’tkazilgan jahon birinchiligida oltin mudalni qo’lga kiritdi.

   Chustdan chiqqan stol tennisi bo’yicha jahon chempioni Sevara qodirova o’zbek sportini dunyoga tanitishdagi xizmatlari uchun O’zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoniga muvofiq 2001 yilda «Shuhrat» medali bilan taqdirlandi.

   Sevara Qodirovaning shonli ishni davom ettirayotgan istiqboli yoshlardan Madina Ayubova, Muzayyam Muhammadjonova, SHahnoza Jumaboeva, Saida qodirova, Ibrohim Xoldorov, Nozima g’iyosova, Zokirjon Olimov, Tohirjon Salimovlar jahon chempionatlari, turli xalqaro turnir va musobaqalarda muvaffaqiyatli qatnashib Chustni dovrug’ini dunyoga tanitishga munosib hissa qo’shmoqdalar.

   «Barkamol avlod yili» sport maktabi tarixiga zarhal harflar bilan bitiladigan bo’ldi. Chust shahriga tutash Hisorak qishlog’ida jahon andozalari darajasidagi, loyiha qiymati 455 million so’mlik stol tennisiga moslangan TIP zamonaviy sport majmuasi bunyod etilib, foydalanishga topshirildi.

   Hozirda Chust shahridagi stol tennisiga ixtisoslashgan «Olimpiya zahiralari» bolalar va o’smirlar sport maktabi 20 nafar murabbiy 49 ta guruhda 706 nafar istiqboli sportchi bilan Mashg’ulot olib bormoqda. Ularning 5 nafari respublika terma jamoasi tarkibida mamlakatimiz sport sharafini himoya qilib kelmoqdalar.

Manzil

161100, Chust shahri

Tel: (0-369) 42-33-741, 42-33-600

E-mail: chusttumhok@umail.uz

 

E'lonlar va tanlovlar

      Fotogalereya

      • IMG_20190904_210002_005.jpg