Ijtimoiy-iqtisodiy ko'rsatkichlar

 IJTIMOIY SOHA

   Tumanda doimiy  aholi soni 2014 yil 1 yanvar holatiga 237,3 ming kishini tashkil etdi yoki yil boshiga nisbatan 1,2 foizga o’sdi.

   Hukumatimiz tomonidan aholini ijtimoiy himoyalashga qaratilgan tadbirlarning asosiy vazifalardan biri bu mehnatga layoqatli yoshdagi aholini ish joylari bilan ta’minlashdir.

   Tumanda 79,0 ming nafar iqtisodiy faol aholi mavjud bo’lib, shundan 74,9 ming nafari mehnatda bandlar, 4,1 ming nafari doimiy ish bilan band bo’lmaganlarni tashkil etadi.

   2013 yil davomida «Bandlikka ko’maklashish va axolini ijtimoiy muxofaza kilish» markaziga jami 4203 nafar fuqarolar ish so’rab murojaat etgan bo’lib, shundan 3955 nafari iqtisodiyotning turli tarmoqlarida ish bilan ta’minlandi.

   «Bandlik» Dasturiga asosan tumanda 7150 ta rejalashtirilgan bulib, xaqiqatda 7170 ta yangi ish o’rinlari yaratildi, reja 100,3 foizga bajarildi.

   Jumladan, kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish hisobiga 2251 ta, uy mehnatini barcha shakllarini rivojlantirish hisobiga jami 2768 ta, yangi ob’ektlarni qurish, rekonstruktsiya qilish va faoliyatini kengaytirish hisobiga 368 ta, dexqon va fermer xujaliklarini rivojlantirish xisobiga 380 ta, ishlab chikarish, ijtimoiy va bozor infratuzilmasini rivojlantirish xisobiga 602 ta, ishlamasdan turgan,iktisodiy nochor, zarar kurib ishlayotgan korxonalar faoliyatini tiklash, moliyaviy soglomlashtirish hisobiga 100 ta yangi ish o’rinlari yaratildi.

   Kasanachilik asosida ish o’rinlari yaratish topshirig’i 421 taga tumandagi korxonalarda bajarildi.

   Xalq ta’limi, sog’liqni saqlash va madaniyat sohalarini rivojlantirishda ham sezilarli o’zgarishlar amalga oshirildi.

   Xozirgi kunda tumanda 72 ta umumta’lim maktablari, 47 ta maktabgacha tarbiya muassasalari, 1 ta akademik litsey va 10 ta kasb-hunar kollejlari faoliyat ko’rsatmoqda.

  Aholini bilim saviyasini oshirish va madaniyatini yuksaltirishga alohida e’tibor berilmoqda. Jumladan,  tumanda 19 ta ommaviy kutubxonalar (axborot resurs markazlar), 7 ta madaniyat muassasalari va 1 ta kinoteatrlar xizmat qilmoqda. Tuman markazida joylashgan  1 ta teatr qaytadan ta’mirlanib zamonaviy tomoshaxonalardan biriga aylandi.

   Tumanda jismoniy tarbiya va sport sohasini rivojlantirishga katta e’tibor karatilmoqda. Jismoniy tarbiya va sport bilan shug’ullanuvchilar uchun tumanda 6 ta o’yingohlar, 56 ta sport zallari, va bir qator  boshqa sport inshootlari faoliyat ko’rsatmoqda.

   Tumanda keyingi yillarda sportning futbol, boks, suv sporti, tennis, karate, kurash, badiy gimnastika, velosport hamda og’ir atletika  kabi turlari keng ommalashmoqda.

   Tuman hududidagi sog’lomlashtirishga mo’ljallangan 1 pansionat  va  5  ta  oromgox  muassasalari faoliyat ko’rsatmoqda.

   Tibbiyot xodimlarini ish haqlari xisoblashda ularning toifalari, zararli ishlar uchun qo’shimcha to’lovlar va ish stajlariga to’lovlarni xisobga olgan xolda to’liq tarifikatsiyadan o’tkazildi.

   Shuningdek, tuman bo’yicha 6,8 km gaz tarmog’i va 21,0 km toza ichimlik suv quvurlari tortildi.

 SANOAT

   Chust tumanida 2013 yil davomida sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish xajmi o’sishi bilan birga sanoat korxonalarida yangi ishchi o’rinlari yaratish, eskirgan texnologiyalarni modernizatsiya qilish ya’ni yangi texnologiyalarni olib kirish, yangi turdagi mahsulotlarni o’zlashtirish, eksportbop mahsulotlar turlarini ko’paytirish borasidagi ishlar amalga oshirildi.

  2013 yil yakuniga ko’ra sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish xajmi 70,7 mlrd.so’mni, xalq iste’moli mollari ishlab chiqarish 49,3 mlrd.so’mni tashkil etib,  o’sish sur’ati mos ravishda 109,6 va 138,9 foizni tashkil etdi.

   Halq iste’moli mollarining umumiy sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishdagi salmog’i 75,0 foizni teng bo’ldi. Aholi jon boshiga xalq iste’moli mollari ishlab chiqarish 207,7 ming so’mga to’g’ri keldi.

   Chust tumanida 109,6 foizga   o’sish ta’minlandi.

   Tumanda 2014 yilning 1 yanvar holatiga ro’yxatdan o’tgan sanoat korxonalari soni 230 tani tashkil etib, shundan faoliyat ko’rsatayotgan sanoat korxonalari soni 186 tani tashkil etdi. Ro’yxatdan o’tgan sanoat korxonalar soni o’tgan yilning shu davriga nisbatan 10 taga ko’paydi.

  Tumanida sanoatning yetakchi tarmoqlaridan yengil sanoatda to’qimachilik, paxta tozalash, poyabzal, mebel ishlab chiqarish, oziq-ovqat hamda qishloq xo’jalik maxsulotlarini qayta ishlash tarmoqlari, mashinasozlik va metalni qayta ishlash, qurilish materiallari ishlab chiqarish tarmoqlariga qarashli korxonalar rivojlanib, sanoat va xalq iste’moli mollari ishlab chiqarishda salmoqli xissalarini qo’shib kelmoqda.

   Tumanida faoliyat ko’rsatayotgan yirik korxonalar tomonidan 35,4 mlrd so’mlik mahsulot ishlab chiqarilib, o’tgan yilning shu davriga nisbatan 129,7 foizga o’sdi. Yirik sanoat korxonalarining umumiy ishlab chiqarishdagi salmog’i 36,4 foizni tashkil etib, qolgan qismi kichik (48,7 %) mikrofirmalar (3,5 %), uy xo’jaligi va yakka tartibdagi xususiy tadbirkorlar (11,4 %) hissasiga to’g’ri keldi.

QISHLOQ XO’JALIGI

  Qishloq xo’jaligini isloh qilishni chuqurlashtirishning ustuvor vazifalari mamlakat hayoti va iqtisodiyotida agrar sohaning tutgan o’rni, mamlakatning iqtisodiy mustaqilligini ta’minlash, islohotni bosqichma-bosqich amalga oshirib borish va rivojlantirishning muhim ahamiyatga ega ekanligidan kelib chiqmoqda.

  Qishloqda yangicha xo’jalik yuritish mexanizimining, qishloq xo’jaligini moliyalashtirish, kreditlash va sug’urta qilishning yangi tizimini, qishloq xo’jaligida ishlab chiqarilgan mahsulot va qishloqqa keltiriladigan texnika, yoqilg’i va mineral o’g’itlar uchun bo’ladigan o’zaro xisob-kitobning asoslari ishlab chiqildi va tadbiq etildi. Qishloq xo’jalik korxonalarining iqtisodiy mustaqilligi kengaydi.    

  Amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida 2013 yilda jami qishloq xo’jaligida yetishtirilgan mahsulotlar xajmining asosiy qismi nodavlat sektori hissasiga to’g’ri keladi. Iqtisodiyotning agrar sektorida mustahkam va barqaror rivojlanish ta’minlandi.

  Mustaqillik yillarida qishloq xo’jaligi ishlab chiqarish strukturasi tubdan o’zgardi. Qishloq xo’jaligida ekinlarni joylashtirishda ilmiy asoslangan usullar joriy etildi.

  2013 yil yakuni bilan tumanda qishloq xo’jaligida 242,1 mlrd. so’mlik yalpi mahsulot ishlab chiqarildi yoki yalpi mahsulot ishlab chiqarish 2012 yilga nisbatan 109,6 foizga o’sdi.

  2013 yil tumanda dexqonchilik maxsulotlaridan 59003 tonna don, 26008 tonna  kartoshka, 47001 tonna  sabzavot, 5604 tonna poliz mahsulotlari, 26502 tonna meva, 8702 tonna uzum yetishtirildi. Chorvachilik maxsulotlaridan 7700 tonna go’sht, 60000 tonna sut, 15706 ming dona  tuxum ishlab chikarildi.

 KAPITAL QURILISH

  Mustaqillikka erishilgandan so’ng Respublika Hukumati tomonidan ijtimoiy infratuzulma tizimini mustahkamlash va bosqichma-bosqich qayta barpo etish ustuvor yo’nalish qilib belgilandi.

  2013 yil yakuni bilan barcha manbalar hisobiga  61,5 mlrd.so’mlik kapital mablag’lar o’zlashtirilib, o’tgan yilning shu davriga nisbatan 118,8 foizga o’sishga erishildi.

  Shundan, 0,2 mlrd.so’m Respublika byudjeti, 2,5 mlrd.so’m korxona va tashkilotlar mablag’lari, 5,2 mlrd.so’m byudjetdan tashqari fondlar, 11,3 mlrd.so’m bank kreditlari, 0,3 mlrd so’mi chet el investitsiyalari, 29,1 mlrd.so’mi xususiy shaxslar mablag’lari hisobiga to’g’ri keldi.

   Pudratchi tashkilotlar tomonidan o’z kuchlari bilan bajarilgan ishlar hajmi 50,6 mlrd.so’mni tashkil etib, o’tgan yilning shu davriga nisbatan 121,4 foiz o’sishga erishilgan.

  2013 yilda barcha manbalar hisobidan amalda 93,0 ming kv.m. turar-joylar qurildi.

  Shuningdek, 2013 yil davomida 21,0 km toza ichimlik suvi va 6,8 km tabiiy gaz tarmoqlari tortildi.

  Tumanda ko’p ukladli iqtisodiyotni barpo etish va mulkchilikni barcha shakllarini rivojlantirish uchun yetarli iqtisodiy sharoitlar yaratildi.

  2013 yilning 1 yanvar  holatiga 5 ta xisadorlik jamiyatlari, 749 ta xususiy korxonalar, 2093 ta dehqon va   fermer xo’jaliklari, 6 ta qo’shma korxonalar, 405 ta boshqa mulk egalari faoliyat ko’rsatmoqda.

  Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning 23,0 foizi xususiy korxonalar, 64,3 foizi dehqon fermer xo’jaliklari 0,2 foizi qo’shma korxonalar 12,5 foizi boshqa mulk shaklidagi korxonalardir.

  Tumanda 2013 yilning 1 yanvar holatiga 2889 ta mikrofirma va 325 ta kichik korxonalar mavjud bo’lib, ularning 13,3 foizi savdo va umumiy ovqatlanish, 6,5 foizi sanoat, 0,2 foizi qurilish, 63,4 foizi qishloq xo’jaligi, 16,6 foizi boshqa korxonalardir.

  Tumanda qishloq xo’jaligi va transport sohalari to’laligicha nodavlat mulk shakliga o’tkazildi.

  Kichik va o’rta biznesni moliyaviy jihatdan qo’llab-quvvatlashga e’tibor kuchaytirildi.

  Amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida ishlovchilarning o’rtacha bir oylik ish haqi tuman bo’yicha 2012 yilda  671124,9 so’mni tashkil etdi.

  Tumanda iqtisodiyotning moliyaviy muttanosibligi ta’minlandi. Mahalliy byudjetning daromad qismi bo’yicha barcha ko’rsatkichlar oshirib bajarilganligi tufayli byudjet to’lovlarini o’z vaqtida amalga oshirish imkoniyati yaratildi.

  Aholini ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirishga alohida e’tibor berildi.

  Umuman olganda iqtisodiyotni barqaror rivojlanishi uchun barcha shart-sharoitlar yaratildi.

BOZOR INFRATUZILMALARINI RIVOJLANISHI

 Tumanda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 29 dekabrdagi 517-sonli «Vazirlar Mahkamasining umumiqtisodiyot kompleksi ishi samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi qarorini bajarib, moliyaviy holatni barqarorlashtirish, to’lov intizomini hamda pul-kredit siyosatini mustahkamlash borasida  bir qator tadbirlar amalga oshirildi.

  Natijada banklarga barcha manbaalardan pul tushumi ko’paydi, Aholiga isteьmol mollari yetkazib berish, pullik xizmat ko’rsatish tarmog’i  yaxshilandi.

 Tumanda ko’p ukladli iqtisodiyotni barpo etish va mulkchilikni barcha shakllarini rivojlantirish uchun yetarli iqtisodiy sharoitlar yaratildi.

SAVDO VA PULLIK XIZMAT 

  Mustaqillik yillarida viloyatda iqtisodiyotning asosiy tarmoqlaridan hisoblangan aholiga savdo va pullik xizmat ko’rsatish sohasida muayyan ishlar amalga oshirildi.

  Natijada aholiga ko’rsatilayotgan xizmat xajmlari yil sayin ortib bormoqda.

  2013 yilda aholiga ko’rsatilgan chakana savdo xizmati 319486,8 mln. so’mni tashkil etib, 2012 yilga nisbatan aholiga chakana savdo xizmati ko’rsatish xajmi amaldagi narxlarda 3,4 martaga, axoli jon boshiga esa 1081,1 ming so’mdan 1346,0 ming so’mga yoki 124,5 foizga ortdi.

  Xizmatlar va servis sohasini rivojlantirish (PQ-640) tumanda 2013 yilda jami xizmatlar xajmi 174,1 mlrd.so’mni tashkil etib, 2012 yilga nisbatan 122,8 foizga, pullik xizmatlar xajmi esa 55,4 mlrd.so’m 2012yilga nisbatan 130,8 foizni tashkil etdi. Tumanda xizmat ko’rsatish va servis sohasini rivojlantirish dasturiga asosan 155 ta savdo va maishiy xizmat ko’rsatish shahobchalari tashkil etildi ,

  Shu jumladan, 60 ta chakana savdo, 8 ta kiyim tikish va ta’mirlash, 17 ta sartaroshxona, 4 ta poyabzal tikish va ta’mirlash, 4 ta umumiy ovqatlanish korxonasi, 3 ta guzar, 59 ta boshqa turdagi xizmat ko’rsatish shahobchalari foydalanishga topshirildi.

  2013 yilda tuman bo’yicha aholiga ko’rsatilgan pullik xizmat xajmi  55486,4 mln.so’mni tashkil etib, 2012 yilga nisbatan 130,8 foizga, 2009 yilga nisbatan 3,5martaga o’sdi. 

  Aholi jon boshiga ko’rsatilgan pullik xizmatlar 233824,0 so’mdan to’g’ri kelib, mazkur ko’rsatkich 2012 yilga nisbatan 130,8 foizga  oshdi. Maishiy xizmat ko’rsatish xajmi esa 10109,5 mln.so’mni, aholi jon boshiga 42590,0 so’mni tashkil etdi.

  Maishiy xizmat ko’rsatish xajmi mazkur ko’rsatkichlari 2012 yilga nisbatan mos ravishda 132,0 foizga  oshdi.

 TASHQI IQTISODIY ALOQALAR

   Mamlakatimiz iqtisodiyotini integratsiyalashda viloyatimizda xorijiy investitsiyalarning tutgan o’rni alohida ahamiyatga egadir. Hozirgi kunda viloyatimiz iqtisodiyotini globallashtirish jarayonini harakatga keltiruvchi kuchlardan biri sifatida bevosita xorijiy investitsiyalar jalb qilinmoqda. Chet el investitsiyalarni imkoni boricha ko’proq jalb etish va ulardan samarali foydalanish, iqtisodiyotning real sektorlarini  taraqqiy ettirish g’oyat dolzarb bo’lib qolmoqda.

   Tumanga xorijiy investitsiyalar va zamonaviy texnologiyalarni keng jalb etish, ularga nisbatan ochiq eshiklar siyosatini izchillik bilan amalga oshirish, yangidan-yangi, to’la quvvat bilan faoliyatini amalga oshiradigan va raqobatbardoshli mahsulotlari bilan jahon bozorlarida o’z o’rnini egallay oladigan qo’shma korxonalarni yildan-yilga ko’paytirishga, mahalliy xom ashyo va ishchi kuchlaridan foydalangan holda import o’rnini bosuvchi va eksportbop mahsulotlarga, shu jumladan halq iste’moli mollarini ishlab chiqarishga katta e’tibor qaratilmoqda.

  Hozirgi kunda, Rossiya, Turkiya va Xitoy davlatlari tumanga yirik sarmoya kiritayotgan investorlardan biri bo’lmoqda. AQSH, Germaniya, Italiya, Angliya, Yaponiya, Shveytsariya, Gollandiya, Ispaniya, Kanada, Frantsiya, Xitoy, Litva, Gonkong, Polsha, Isroil, Gruziya, Chexiya, Pokiston, Qirg’iziston, Qozog’iston va boshqa mamlakatlar investorlarining viloyatga bo’lgan qiziqishi yildan-yilga ortib bormoqda.

 Tumanda strategik ahamiyatga ega bo’lgan, to’la quvvat bilan faoliyatini amalga oshiradigan qo’shma korxonalarning yildan-yilga ko’paytirib borilishi, bu iqtisodiyotning taraqqiyot sari odimlab borishiga olib kelmoqda.

 Tumanda 2013 yil davomida 14419.3 ming dollarlik tashqi savdo amallari bajarilib, shundan eksport 7998.2 ming dollarni, import 6421.1 ming dollarni  tashkil etdi.

Manzil

161100, Chust shahri

Tel: (0-369) 42-33-741, 42-33-600

E-mail: chusttumhok@umail.uz

 

E'lonlar va tanlovlar

      Fotogalereya

      • IMG_20190904_210002_005.jpg