An'ana va qadriyatlar

  Qadimiy  va navkiron Chust axolisi utmishda xunarmandchilik markazi bo’lgan. Bu yerda duppiduzlik, pichokchilik, kosipchilik va boshqa xunarmandchilik turlari keng rivojlangan. Chust duppisi uzining guzalligi va bejirimligi bilan boshqa duppilaridan aloxida ajralib turadi. Tumanda xar ikki xonadonning birida duppi tikayotgan kiz juvonlarni uchratasiz.

  Uning  uziga yarasha mashakkatlari bor. Bir dona duppida turtta kirra, un oltita aylana guli buladi. Usha gulning atiga bittasini yaratish uchun 996 martta zaxm (igna) uriladi. Duppiga kuz nuri, kalb kuri, mexr taftini berib tikiladi. Shuning uchun xam u boshda salobatli, kurkam va chiroyli  kurinadi. Duppi tayyorlash jarayoni xam katta bir san’atdir. Uni xar kim xam chiroyli kilib tayyorlashni uddasidan chiqolmaydi.

  Shunday mashxur duppiduzlaridan biri Baxrinisso opa Sharipovadir.

  - Menga bu kasb onamdan yodgorlik, - deydi Baxrinisso opa. – Yetti yoshimdan beri Chust duppisini tikish sirlarini kunt bilan urganib kelaman. Shu kasb orkali elga tanildim, xurmat e’tibor topdim. Ellik bir yillik tajribam asosida kuplab shogirdlar yetishtirdim. Ular xam xozirda chiroyli duppilar tikish bilan birgalikda ularni tayyorlashni xam uddasidan chika olishadi.

 Bugungi kunda u tikkan duppilar «Amerika, Saudiya Arabistoni, Turkiya» singari xorijiy mamlakatlardagi vatandoshlarimizning boshini bezamokda. Baxrinisso opa Sharipova kattalar uchun «Setora», bolalar uchun esa «Binafsha», «Xumo» kabi nusxalarni yaratdi.

 U asosan «Satin» nusxa duppi tikadi va tayyorlaydi. Buyurtmachilarga manzur bulayotgan nozik did, guzal tuygular kuchgan «Satin» duppi uta nozikligi, Mayin nakshlari bilan boshqa nusxalardan farq kiladi. Chevarlarning xammasi xam bu nusxani tikavermaydi. Bitishi murakkab, uzok vakt talab kiladigan «Satin» duppini xaridori kup buladi. Bozorda uning narxi 150-200 ming sumgacha baxolanadi. Aslida bu duppilar bebaxo xissoblanadi.

 Xozirda Chustda duppining 23 nusxasi tikilib kelinmokda. Ularning tayyorlanish usuli Andijon, Samarkand, Margilon va boshqa viloyat duppilaridan tubdan farq kiladi. Masalan Andijon duppisining Chust duppisidan farqi shundaki, uning jiyagi bilan bezagida  kul mexnati kamrok buladi. Tiqilishida esa maxsus moslamalar yordamida foydalaniladi. Margilon duppisi esa, qadimdan fakat bir nusxada tikib kelingan.

 Chustda tikiladigan va kup kiyiladigan «Ayub», «Zira», «Injik», «Andijon», «Satin», «Tojik» va «Rus» nusxalaridir. Rus aeli Valintena Petrovna – Yaxyaeva asli Rossiyalik bulib, Chustga kelin bulib tushgan. U kaynonasi va kuni-kushnilaridan duppi tikish sirlarini urgandi. Valentinaning uzi xam yangi «Rus» nusxani yaratdi. Bugungi kunda axolii urtasida bu duppining uz urni bor.  «Pansada» maxallasida xurmat etiborga loyik bo’lgan Valentina Petrovnaning yetti nafar kizi xam onasining kasbini olishgan.

 Muxabbatxon Xaydarova «Moxlaroyim Gulmira» xusisiy korxonasiga raxbarlik kiladi. Jamoada yuzdan ortik ayollar duppiduzlik bilan shugillanadi. Bugun korxonada Marguba Rustamova, Gulchexra Mirzaraxmonova, Surayyo Tojieva, Guljaxon Abdullaeva kabi yoshlar duppi tikish sirlarini urganib olishdi. Quli gul chevarlar tominidan tominidan tayyorlangan  duppilar boshqa shaxarlarda, ichki bozorlarda va kushni Respublikalarda sotilmokda.

 2000 yilda Xalimaxon Kosimova «Gulizar» kup tarmokli xususiy korxona tashkil etib, uttiz nafar duppi tikadigan ayollar bilan ish boshlagan edi. Bugun bu jamoada bir yuz kirk besh nafar kasanachilar faoliyat yuritmokda Xalimaxon tinib tinchimaydigan tashabbuskor raxbar. U bir necha marta tuman, viloyat va respublika kurik tanlovining golibidir.

 -«Quli gul O’zbek ayoli» Respublika tanlovida biz xam ishtirok etdik, - deydi suxbatda X. Kosimova. Chevarlarimiz tikkan duppilar tanlov ishtirokchilarida katta kizikish uygotdi. Natijada Navoiy shaxridan Chustga 18 nafar ayol kelib bir necha kun mobaynida  duppi tikishni urganib ketishdi.

 O’zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun  xunarmandlar urtasida utkaziladigan «Tashabbus» kurik tanlovining tuman boskichida ishtirok etib, «Eng yaxshi tadbirkor ayol» nominatsiyasi buyicha «Gulizar» xusisiy  korxonasi raxbari Xalimaxon Kosimova tuman xokimining Faxriy yorligi va kimmatboxi sovgalari bilan takdirlandi.  «Barkamol avlod» yilida X. Kosimova «Usta shogird» an’analarini davom ettirib 25 nafar yoshlarga duppi duzlik sirlarini urgatib kelmokda.

 Chust duppisining xikmatlari kup. Undagi ok-kora ranglar, turt nakshinkor gullar,uning turt kirrasi… bularning xammasi uzining ramziy ma’nosi va xususiyatiga ega. Jumladan, ok kora-rang-kun va tun, gullari turt fasl, turt kirrasi dunyoning turt tomoni, pastki kismidagi aylana gullar - un ikki oyni bildiradi. Uning yana bir e’tiborli tomoni o’zbeklarning o’zbekligini bildirib turadigan  milliy bosh kiyimi xisoblanadi.  Yilimizning kaysi fasli bulmasin tuy, maraka, ibodat, sayl, ovkatlanish vaktida xam u boshimizdan sira  tushmaydi.

 Xalqimiz  duppini eng mukaddas bosh kiyim xisoblaydi. Uni yerda koldirib ketish, almashtirib kiyish oyok osti qilish gunox sanaladi. Chustda qadimdan aziz mexmonga, eng yakin dustlarga duppi sovg’a qilish odat tusiga kirgan.  

 O’zbekning uzligini bildiradigan bu bebaxo  duppini qancha avaylasak, qadriga yetsak arziydi. 

Manzil

161100, Chust shahri

Tel: (0-369) 42-33-741, 42-33-600

E-mail: chusttumhok@umail.uz

 

E'lonlar va tanlovlar

      Fotogalereya

      • IMG_20190904_210002_005.jpg